O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Саҳобалар ҳаёти

SALMON FORSIY Haqiqat izlovchi (2-qism)

 
 

Rasululloh va musulmonlar katta falokat yoqasida qoldilar. Chunki Madinaga yaqinlashib kelayotgan dushman qo‘shini son va tayyorgarlik jihatidan musulmonlardan bir necha barobar ko‘proqligi aynan bilinib turardi. Musulmonlarning tarvuzlari qo‘ltig‘idan tushib, xayollarini dahshat qamrab oldi. Qur'oni karim bu holatni quyidagicha tasvirlaydi: “O‘shanda ular sizlarning yuqori tomoningizdan ham, sizlardan quyiroq tomonidan ham (bostirib) kelgan edilar. O‘shanda ko‘zlar tinib, yuraklar bo‘g‘ziga tiqilib qolgan va sizlar Alloh haqida (turli yomon) gumonlar qila boshlagan edinglar” (Ahzob surasi, 10-oyat).

Islom dinini butunlay tugatish maqsadida yigirma to‘rt ming jangchi Abu Sufyon ibn harb va Uyayna ibn xison boshchiligida Madinaga yaqinlashib kela boshladi. Bu katta qo‘shin faqatgina Quraysh mushriklaridan iborat emas, balki unda Islom diniga nisbatan nafrat va adovatda bo‘lgan boshqa qabilalar ham bor edi. Bu Islom dushmanlarining birgalikdagi oxirgi urinishi edi. Musulmonlar og‘ir vaziyatda qoldilar.  

         Davomini kuzatib boring

  Zayniddin ESHONQULOV – O‘MI Samarqand viloyati vakili


Kiritilgan vaqti: 09/10/2019 16:24;   Ko‘rilganligi: 40
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/sahaba/salmon-forsiy-haqiqat-izlovchi-2-qism
Chop etilgan vaqti: 15/11/2019 15:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing