O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Саҳобалар ҳаёти

SALMON FORSIY

 
 

Haqiqat izlovchi

Bu qahramonimiz Fors mamlakatidan kelganiga qaramay, boshqalardan ko‘ra oldinroq imon keltirdi. Islom dini musulmonlar orasidan shunday bir toifa kishilarni chiqardiki, ular ilm, imon va dinda barchaga ibrat bo‘ldilar. Islomning ulug‘ mo‘jizalaridan biri shundaki, u qaysi yurt yoki o‘lkaga yetib borsa, o‘sha yurt ahlining ochilmay turgan qobiliyatlarini yuzaga chiqarar edi. Natijada musulmonlarning olimlari, falakiyotchilari va kashfiyotchilari ko‘paya bordi. Bu olimlar o‘zlarining ilm va kashfiyotlari bilan butun dunyoni hayratga sola boshladi. Ular turli joy va vatanga mansub bo‘lishsa-da, dinlari bir edi.

Janobi Payg‘ambarimiz bu ulug‘lik haqida bashorat bergan edilar. Yo‘q, balki Ulug‘ Rabbilari tomonidan dinining ravnaqi u kishiga va'da qilingan edi. Hali Islom zaif va ojiz bo‘lgan bir paytda Rasululloh Islom bayrog‘i yer yuzidagi olis shaharlar va ularning qasrlari ustida hilpirab turishini aniq ko‘z bilan ko‘rar edilar. Albatta, Salmon Forsiy bu voqealarga guvoh bo‘ldi. U guvoh bo‘libgina qolmay, balki bu ishlarning bevosita ishtirokchisiga aylandi.

         Hijratning beshinchi yili. Madinalik yahudlarning boshliqlari Makkaga yo‘l olib, mushriklarni o‘zlari bilan birlashishga va musulmonlarga qarshi urush boshlashga gij-gijladi. Ular mushriklar bilan ittifoq tuzib, hal qiluvchi jangda yangi paydo bo‘lgan dinni ildizi bilan qo‘porib tashlashga ahdlashib oldilar. Urush rejasi tuzildi. Bu rejaga ko‘ra, Quraysh qo‘shinlari bilan G‘atafon qabilasi Madina tashqarisidan, Bani Qurayza yahudlari esa Madina ichkarisidan, ya'ni musulmonlar orqasidan hujum qilishi lozim edi. Natijada, musulmonlar qurshovda qolib, mag‘lub bo‘lishi kerak edi.

         Davomini kuzatib boring

 Zayniddin ESHONQULOV – O‘MI Samarqand viloyati vakili

“Payg‘ambar atrofidagi kishilar” kitobidan.


Kiritilgan vaqti: 08/10/2019 16:52;   Ko‘rilganligi: 68
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/sahaba/salmon-forsiy
Chop etilgan vaqti: 15/11/2019 14:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing