O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Саҳобалар ҳаёти

SAHOBIYYANING SABOTI

 
 

Sahobalar barcha holatlarda yo‘lchi yulduzlardir. Ular farishta bo‘lishmagan. Ular ham bashar, gunoh qilishgan. Biz kabi go‘sht va suvdan iborat inson bo‘lishgan. Ularda ham nafs va shayton nomli dushmani bo‘lgan.

Ammo ular orttirilgan gunohni yelkalab, oxiratga olib borish, Alloh huzurida sharmanda bo‘lishdan ko‘ra, shu dunyoning o‘zida gunohilaridan xalos bo‘lishni  afzal ko‘rishgan. Quyida bunga bitta misol keltiramiz. Buni o‘z tanangizda tasavvur qilib ko‘rsangiz ularni qanchalik iymonga ega ekanligini oz bo‘lsada anglaysiz degan umiddamiz.

         Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: G‘omidiya ayol kelib “Ey Allohning Rasuli! Men zino qildim. Meni poklang” dedi. Uni qaytarib yubordilar. Ertasi kun bo‘lganida u yana kelib: “Ey Allohning Rasuli! Meni nimaga qaytaryapsiz? Siz meni Mo'izni qaytarganingiz kabi qaytarmoqchimisiz. Allohga qasam, albatta men homiladorman” dedi. “Ammo, yo‘q. Toinki tuqquningcha (kelma)” dedilar. Vaqtiki tuqqach, go‘dakni bir matoga o‘rab keldida: “Tug‘dim» dedi. U zot: “Borda sutdan chiqarguningcha emiz” dedilar. Vaqtiki sutdan chiqargach, go‘dakni olib keldi. Qo‘lida bir bo‘lak non bor edi: “Ey Allohning Nabiysi! Sutdan chiqardim. Batahqiq u taom yedi” dedi.  U zot go‘dakni musulmonlardan bir kishiga berdilar va buyurdilar, ayolni ko‘kragigacha ko‘mildi. Insonlarga amr etdilar, uni toshbo‘ron qilishdi. Xolid ibn Valid bir toshga yuzlandi va ayolni boshiga otdi. Qon Xolidning yuziga sachradi bas, uni (ayolni) so‘kdi. Bu so‘kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yetib kelgandi:  “Sekin Ey Xolid! Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, batahqiq u shunday bir tavba qildiki, agar soliq sohibi shu kabi tavba qilsa albatta kechirilardi” dedilar.  So‘ngra buyurdilar, unga janoza o‘qildi va dafn qilindi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Muslim).

Ha azizlar, birovlarning aybini behuda ravishda, g‘iybat tariqasida gapirish o‘zining boshiga kulfat keltiradi. Tavba qilib, xatosini yashirib yurgan odamlarni ayblamaslik lozim. Ammo tavba qilmay, oshkora tarzda gunoh qilib yurganlarni tanqid qilish va ularni bu yo‘ldan qaytarish mo‘minning birodari zimmasidagi haqlaridandir.

Jahongirxon Bahodirxon o‘g‘li - O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati xodimi


Kiritilgan vaqti: 04/11/2019 15:58;   Ko‘rilganligi: 2136
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/sahaba/sahobiyyaning-saboti
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 16:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing