Саҳобалар ҳаёти

SALMON FORSIY.Haqiqat izlovchi (4-qism)

Xandaq qazishda qattiq ishlagan odamlar orasidan Salmon ham munosib o‘rin egallagan edi. Rasululloh ham cho‘qmorni olib, musulmonlar bilan birgalikda xandaq qazdilar. Bir payt Salmon qaziyotgan joydan katta tosh chiqib qoldi. U kuchli va baquvvat edi, cho‘qmori bilan bir ursa, ancha-muncha toshni parchalab yuborishga qodir edi, ammo bu tosh qarshisida ojiz qoldi. Atrofidagi sheriklarini chaqirib, har qancha urinishmasin, hech naf bermadi. Salmon Rasulullohning huzurlariga borib, xandaqni boshqa tomondan, ya'ni yo‘nalishini o‘zgartirib qazishga ruxsat so‘radi. Payg‘ambar Salmon bilan borib, o‘sha xarsangni ko‘rgach, cho‘qmorlarini qo‘llariga oldilar va tosh parchalari tegib ketmasligi uchun sahobalariga chetroq turishni buyurdilar. So‘ng Allohning nomini aytib, muborak qo‘llari bilan cho‘qmorni tutgan holda, jiddu jahd bilan urdilar. Tosh yorildi. Toshning yoriqlari orasidan nur chiqib ketdi. Salmon roziyallohu anhu bu haqda: “Toshdan nur chiqqanini ko‘rdim. Atrofni yoritib yubordi”, - degan edi. Rasululloh takbir aytib: “Menga forsning kalitlari berildi. Kisroning shaharlari va Hayraning qasrlari menga qarab nur sochayapdi. Shak-shkbha yo‘qki, ummatim ular ustidan g‘olib bo‘lajak”, - dedilar.

 

SAHOBIYYANING SABOTI

Sahobalar barcha holatlarda yo‘lchi yulduzlardir. Ular farishta bo‘lishmagan. Ular ham bashar, gunoh qilishgan. Biz kabi go‘sht va suvdan iborat inson bo‘lishgan. Ularda ham nafs va shayton nomli dushmani bo‘lgan.

 

SALMON FORSIY Haqiqat izlovchi (3-qism)

Rasululloh maslahat uchun as'hoblarini to‘pladilar. Madinani himoya qilish kerak. Ammo qanday qilib? Mana shu payt Payg‘ambarimiz oldilariga baland bo‘yli, sochlari qalin bir yigit keldi. Bu yigitni Rasululloh yaxshi ko‘rar va hurmat qilar edilar. Bu yigit Salmon Forsiy edilar. Salmon bir tepalik ustiga chiqib, Madina tomonga sinchiklab nazar tashladi. Qarasa, Madina hamma tarafdan qoya va tog‘lar bilan o‘ralgan, faqatgina uning bir tarafi ochiq ekan. Dushman xuddi shu tarafdan hujum qilishi mumkin va bu ularga qulay edi. Salmon Forsiy o‘z yurti, ya'ni Forsda jang sirlari va mahoratlarini puxta o‘zlashtirgan edi. Shu sababli u Rasulullohga hali arab qavmi bilmagan va ko‘rmagan bir rejani oshkor etdi. Bu rejaga ko‘ra, Madinaning ochiq turgan tarafiga xandaq qazish lozim edi. Agar mana shu g‘azotda xandaq qazilib, mushriklar yo‘lini to‘silmaganda, musulmonlar taqdiri nima bilan yakun topishini Allohning o‘zi biladi.

 

SALMON FORSIY Haqiqat izlovchi (2-qism)

Rasululloh va musulmonlar katta falokat yoqasida qoldilar. Chunki Madinaga yaqinlashib kelayotgan dushman qo‘shini son va tayyorgarlik jihatidan musulmonlardan bir necha barobar ko‘proqligi aynan bilinib turardi. Musulmonlarning tarvuzlari qo‘ltig‘idan tushib, xayollarini dahshat qamrab oldi. Qur'oni karim bu holatni quyidagicha tasvirlaydi: “O‘shanda ular sizlarning yuqori tomoningizdan ham, sizlardan quyiroq tomonidan ham (bostirib) kelgan edilar. O‘shanda ko‘zlar tinib, yuraklar bo‘g‘ziga tiqilib qolgan va sizlar Alloh haqida (turli yomon) gumonlar qila boshlagan edinglar” (Ahzob surasi, 10-oyat).

 

SALMON FORSIY

Haqiqat izlovchi

Bu qahramonimiz Fors mamlakatidan kelganiga qaramay, boshqalardan ko‘ra oldinroq imon keltirdi. Islom dini musulmonlar orasidan shunday bir toifa kishilarni chiqardiki, ular ilm, imon va dinda barchaga ibrat bo‘ldilar. Islomning ulug‘ mo‘jizalaridan biri shundaki, u qaysi yurt yoki o‘lkaga yetib borsa, o‘sha yurt ahlining ochilmay turgan qobiliyatlarini yuzaga chiqarar edi. Natijada musulmonlarning olimlari, falakiyotchilari va kashfiyotchilari ko‘paya bordi. Bu olimlar o‘zlarining ilm va kashfiyotlari bilan butun dunyoni hayratga sola boshladi. Ular turli joy va vatanga mansub bo‘lishsa-da, dinlari bir edi.

 

MUS'AB IBN UMAYR Islomning avvalgi elchisi (7-qism)

Ha... Mus'ab bayroq bilan yerga yiqildi. Shahodat gavhari va shuhadolar yulduzi yerga quladi. Fidolik va imon jangida katta jasorat ko‘rsatganidan keyin yerga quladi. Agar o‘zi o‘ldirilsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam himoyasiz qoladi, keyin u zotni mushriklar qatl qilishlari uchun yo‘l ochiladi deb, qattiq xavsiragan edi.

 

MUS'AB IBN UMAYR Islomning avvalgi elchisi (6-qism)

Kunlar ortidan haftalar, oylar ortidan yillar o‘tib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va uzotning sahobalari Madinaga hijrat qildilar. Quraysh mushriklarining musulmonlarga nisbatan adovati esa yanada kuchaydi. Ular musulmonlarni tiyib qo‘yish uchun bo‘lajak jangga hozirlik ko‘ra boshlashdi. Natijada Badr g‘azoti bo‘lib o‘tdi. Mushriklar bu jangda mag‘lub bo‘lganlari tufayli qasos va o‘ch olish uchun Uhud tog‘iga to‘planishdi. Musulmonlar ham hozirlik ko‘ra boshlashdi. Bu jangdan oldin Rasululloh musulmonlarning saflari orasidan bayroqdor bo‘lishga munosib kishini izladilar va “Mus'abul xayr”ni yonlariga chaqirib, tug‘ni unga tutqazdilar.

 

MUS'AB IBN UMAYR Islomning avvalgi elchisi (5-qism)

Mus'ab Madina ahli qalbini zuhdi, taqvosi, ixlosi va muhabbati bilan o‘ziga rom etdi. Ular Allohning diniga guruh-guruh bo‘lib kira boshladi. Payg‘ambar Mus'abni Madinaga yuborayotgan paytda, u yerdagi musulmonlar bor yo‘g‘i o‘n ikki kishi edi, xolos. Lekin oradan bir necha oy ham o‘tmay, ularning soni keskin ko‘paydi. Kelasi yil haj mavsumida Madinadan yetmish kishidan iborat musulmonlar guruhi Rasulullohga bay'at berish uchun Mus'ab ibn Umayr boshchiligida Makkaga yetib keldi. Rasuli Akram o‘z farosati, mardligi va aql-zakovati bilan tanilgan Mus'abni tanlab, to‘g‘ri yo‘l tutganlarini isbot etdi. U vazifani chuqur anglar, o‘zini Allohning diniga chaqiruvchi, insonlarni hidoyat va turli yo‘lga chorlovchi, xuddi Payg‘ambar kabi faqat yetkazuvchi ekanini yaxshi bilar edi.

 

MUS'AB IBN UMAYR Islomning avvalgi elchisi (4-qism)

Payti kelib Rasululloh Mus'abni ulug‘ bir vazifa uchun tanladilar va Madinaga din ilmidan ta'lim beradigan muallim qilib yubordilar.

 

MUS'AB IBN UMAYR Islomning avvalgi elchisi (3-qism)

Yana mushriklar tomonidan musulmonlarga nisbatan zulm kuchayganligi sababli, Rasulullohga itoat etgan holda, ikkinchi marta Habashistonga hijrat qildi. Xoh Makkada, xoh Habash o‘lkasida bo‘lsin, Mus'abning imon quvvati ortaverdi. Uning hayoti yangi ma'noga ega bo‘lgan edi. Bu ma'noni unga Muhammad bergan edilar. Mus'ab o‘z hayotining buyuk Yaratuvchisi va mehribon Parvardigoriga bog‘lanadigan benihoyat xotirjam va xursand edi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing