O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Internetdan olingan narsa to‘g‘ri va zararsiz ekanini bilish zarur (davomi)

 
 

Bugungi shiddatli globallashuv davrida yoshlar ongu shuurini internet orqali kirib kelayotgan zararli g‘oya va ta'sirlardan samarali va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Bu esa o‘qituvchilar, ma'naviyat targ‘ibotchilari, ota-onalardan yanada hushyor va ogoh bo‘lishni, yosh avlodning g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishni talab qiladi. Bizga ma'lumki, ko‘plab sayt va tarmoqlar katta mablag‘lar evaziga filtrlab qo‘yilgan va bu holatni ko‘plab davlatlarda kuzatish mumkin. Albatta, taqiqlar yoki filtr vositalari orqali odamlarni Internet olamidagi turli kuchlarning xatarli tahdidlaridan, keraksiz va salbiy axborotlardan saqlash kiyin va faqatgina vaqtinchalik holat bo‘lishi mumkin. I.A.Karimov takidlaganidek «…yoshlarimizning ma'naviy olamida bo‘shlik yuzaga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz kerak»

Taassufki, bugun yoshlarimizning aksariyati globallashuv tufayli Yevropa va xorijiy ma'naviy-madaniy oqimlar ta'siriga ko‘proq ishtiyoqmand bo‘lib, milliy ma'naviyatimizning hayotbaxsh, yuksak axloqiylikka asoslangan tamoyillarga ixlosmandligi sust kechmokda. Inson qadri, mas'uliyati, axloqiga bepisandlik ba'zi yoshlarning kiyinishi, fe'l-atvori, yurish-turishida yaqqol ko‘zga tashlanib qolmoqda. Bizning nazarimizda inson qadriyati uning axloqiylikka yo‘nalgani bilan belgilanishi kerak. Darxaqiqat, bugun axborot chunonam ko‘p va tez kirib kelayaptiki ularni «hazm» qilish uchun teran tafakkur va keng dunyokarash talab etiladi. Ayniksa internet olami farzandlarimiz e'tibori va qiziqishini tortib borayotgan bugungi davrda ayrim kompyuter o‘yinlari haqida ham shunday misollarni ketirish mumkin.

X.Sattarov- viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 27/03/2020 17:42;   Ko‘rilganligi: 1172
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/internetdan-olingan-narsa-togri-va-zararsiz-ekanini-bilish-zarur-davomi
Chop etilgan vaqti: 16/04/2024 23:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing