O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оила

OILA PASPORTI

 
 

Ota

Sening asling, rizosi xotirjamlik, atosi sukunat, xizmati saodat va rohat, oq qilishi baxtsizlik va falokat, jannat eshiklaridan biri bo‘lgan zotdir.

Ona

Senga berilgan eng ulug‘ rabboniy hadya, xizmati baraka, duosi katta boylik, rizosi oliy baxt, oyog‘i ostida jannat bo‘lgan, farzand boshidagi toji, jannat eshiklaridan biri bo‘lgan zotdir.

Aka

Seni himoya qiluvchi soya, dushmanlarga qalqon, eng yaqin do‘sting, yoshlikdan hamrohing, katta bo‘lganingda yordamchi bo‘lgan mehriboningdir.

Uka

(Uning pasporti akaning pasporti bilan bir xil)

Opa

Yaxshilikda akangni o‘xshashi, nasihati shifo, silai rahm rishtasini bog‘lasang, seni juda ko‘p savobga ega qiluvdi, faxring, turmushga chiqquncha qo‘lingdagi omonat hisoblanuvchi eng yaqin insoningdir.

Singil

(Uning pasporti opaning pasporti bilan bir xil)

O‘g‘il

Sening aksing va siring. Yoshlikda ko‘z quvonching, yigitlikda faxring, qariganingda suyanchig‘ing va qalqoning, olamdan o‘tganingda ortingdan qoluvchi sadaqai joriya hisoblanuvchi dilbandingdir.

Qiz

Tarbiyasini chiroyli qilsang, do‘zaxdan parda bo‘luvchi, farzandlaring orasida senga eng mehribon, yoshligidan xizmatingni qiluvchi huzurindagi omonatdir.

Ayoling

Diningni yarmi, oilang qo‘riqchisi, sirdoshing, bolalaring tarbiyachisi, umring oxirigacha hamxonang, taomingni tayyorlovchi oshpazing, suyanchig‘ing, mehribon juftu halolingdir.

O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/01/2020 15:47;   Ko‘rilganligi: 111
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/family/oila-pasporti
Chop etilgan vaqti: 02/04/2020 05:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing