O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Таълим-тарбия

ODOB – AXLOQNING HYOYOTIMIZDAGI O‘RNI

 
 

O‘zining oxirgi kitobi Qur]oni karimni odoblarning bosh kitobi, O‘zining oxirgi dini Islomni odoblar dini, O‘zining oxirgi nabiysi Muhammad sollallohu alayhi vasallamni odoblar nabiysi qilgan Alloh taologa O‘zining jaloliga munosib hamdu sanolar bo‘lsin.

Robbidan  go‘zal odoblarni qabul qilib olib, ummatlariga omonotdorlik ila topshirgan, odobli ummatni tarbiyalab, kamolga yetkazgan odoblar payg‘ambari Muhammad Mustafoga, u zotning ahli baytiga va sahobalariga mukammal, batamom salavotu salomlar bo‘lsin.

        Tilimizda “odob” tarzida talaffuz qilinishiga odatlanib qolingan arabcha “adab” so‘zi aslida yaxshilikka chaqirishni anglatadi.

     Demak, odob yaxshilik demakdir. Misol uchun, falon kishi odobli deyilganda, o‘sha odamning hayotdagi yaxshiligi ko‘p ekanligi tushuniladi.

       Muhammad Zehniy aytadi: Fazilat naslu-nasabga qarab emas balki, odob bilan topiladi deganlar.

      Har bir kishining kasbu – kori yaxshi bo‘lmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak, deydi Abu Nasr Forobiy.

      Hozirgi kunda g‘arb madaniyati tasirida “odob”ni madaniyat deyish ham joriy bo‘lgan. Misol uchun ovqatlanish odobi deyish o‘rniga, ovqatlanish madaniyati deyiladi.

          Hozirgi kunda odob juda dolzarb mavzulardan biriga aylanib qoldi. Chunki yoshlarimiz urf-odatlarimizni unutib, ommaviy madaniyatga qabul qilib olmoqda. Lekin odam bolasi uchun odob – axloq birinchi o‘rinda turadi. Chunki inson odobsiz bo‘lsa, jamiyat oldidagi o‘rnini ham topolmaydi. Biz farzandlarimiz odobli, marifatli bo‘lishi uchun eng avvalo o‘zimiz har-bir jabhada o‘rnak va namuna bo‘lishimiz lozim. Xalqimizda bir maqol bor: “Bola aziz, odobi undanda azizdir” deganlar.

 Muhammaddiyor Jomonqulov - Bulung‘ur tuman “Sarqipchoq” jome masjidi   imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 18/12/2019 16:13;   Ko‘rilganligi: 1434
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/eductaion/odob-axloqning-hayotimizdagi-orni
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 17:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing