O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Таълим-тарбия

BEMOR KO‘RDI ODOBLARI

 
 

Alloh taolo bashariyatni yaratgan ekan behisob ne'matlar bilan siylagan. Inson uchun berilgan ne'matlardan ikkitasi ba'zida boy beriladi. Bu- sihat-salomatlik va xotirjamlikdir.

Ma'lumki, Islom dini insonlarni o‘zaro hamjihatlikda yashashga targ‘ib etib, o‘zgalarga xayri-sahovat ko‘rsatish va uni chiroyli ko‘rinishda ado etishga buyurad. Xalqimizda “Issiq jon isitmasiz bo‘lmas” degan naql bor. Zero, ushbu holat xastalik yoshni ham keksalarni ham chetlab utmaydi. Allox Taolo Kuroni Karimda shunday degan: Cizlarni bir oz xavf-xatar, ochlik bilan, molu jon va mevalvrni kamaytirish yuli bilan sinagaymiz. Sabr kiluvchilarga xushxabar bering!” Ularga musibat yetganda: “Albatta biz Alloxning ixtiyoridamiz va albatta. Uning xuzuriga kaytguvchimiz”, - deydilar. Aynan o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovat va raxmat bordir va aynan ular, xidoyat topuvchilardir”. (Baqara surasi, 155-157- oyatlar)

Bemor kishini holidan xabar olish musulmoning musulmon ustidagi vazifasi haqida Paygamarimiz Sallaloxu alayxi vasallam shunday degan: “Musulmonning musulmon ustidagi haqqi beshta: salomga alik olish, bemorni ko‘rgani borish, janozada qatnashish, chaqirilgan joyga borish, aksirgan kishiga javob aytish” (Imom Buxoriy, va Imom Muslim rivoyati.

Bemorlarni ziyorat qilish fazilati va ularning qalbiga xursandchilik kirgizadigan hadisi kudsiyda Payg‘ambarimiz solallohu alayhi vasallam orqali Alloh taola shunday deb marhamat qiladi: “ Alloh taola  qiyomat kuni bunday deydi: “Ey Odam farzandi, men kasal bo‘lganida meni ko‘rgani kelmading? ” Banda esa: “Ey Rabbim, axir Sen olamlar Parvardigorisan, qanday Seni ko‘rgani boraman? ” Shunda Alloh taola aytadi: “Sen falonchi bandamning kasal ekanini bilib turib, nima uchun uni ko‘rgani bormading? Bilmaysanmi, agar kasalni ziyorat qilish uchun oldiga borganingda , uning xuzurida meni toparding” (Imom Muslim rivoyati)

Xastalangan kishining xuzuriga kirganda ochik yuz, xush kungil, shafqat bilan muomala kilinadi, uning yuziga sinchiklab qaralmaydi, ko‘p va qattik ovozda gapirilmaydi. Zero, Payg‘amarimiz sollalohu alayhi vasallam shunday bizlarga kasal bo‘lgan birodarlarimizni ziyorat kilib, ularning duolarining olishga undab shunday deganlar: “Bemorlarni ziyorat qilinglar va ulardan haqqingizga duo qilishlarini so‘ranglar. Chunki kasalning duosi farishtalarning duosi kabi mustajabdir va uning gunohi kechirilgandir” (Imom Taboroniy va Imom bayxakiiy rivoyati)

Bemorning xuzuridan turayotganda, uning haqqiga duo qilib, Allohdan shifo so‘raladi va xayrlashadi , “Xudo xoxlasa, tezda tuzalib ketasiz”, Dard ham bir mehmon, hali sog‘ayib ketasiz” kabi so‘zlar bilan tasalli beradi. Har birimiz bunday buyuk savobli ishda bir-birimiz bilan musobaqa kilishimiz ayni muddodir.

Temirov Sobr Tayloq tumani “Bachki jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 12/06/2020 20:07;   Ko‘rilganligi: 1405
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/eductaion/bemor-kordi-odoblari
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 09:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing