O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Маданият

SIZNI KO‘RGIM KELDI Yo RASULALLOH

 
 

Makka-yu Madina ko‘chalarida,

Sizni ko‘rgim keldi yo Rasulalloh.

Rabi'ul avvalning kechalarida,

Sizni ko‘rgim keldi yo Rasulalloh.

Sog‘indim, sog‘indim diydoringizni,

Ziyoratlar qildim mozoringizni.

Afsus ko‘rolmadim ruxsoringizni,-

Sizni ko‘rgim keldi yo Rasulalloh.

 

Bir ahli sunnatman-sizga ummatman,

Savoblari yo‘g‘u, gunoh-la bandman.

Shuncha yomonliklar qilib, harchandman,-

Sizni ko‘rgim keldi yo Rasulalloh.

 

Tushlarimda ko‘pmas bir bor ko‘rsaydim,

Nurli yuzingizga boqib to‘ysaydim.

Armonim qolmasdi keyin o‘lsaydim,-

Sizni ko‘rgim keldi yo Rasulalloh,

 Isrofil qori ISMOILOV - Urgut tuman “Chubin” jome masjidi muazzini


Kiritilgan vaqti: 02/11/2019 16:26;   Ko‘rilganligi: 1599
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/culture/sizni-korgim-keldi-yo-rasulalloh
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 01:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing