O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Маданият

Ismat Kuchiyev ijodidan she'rlar

 
 

Ba'zan uyqu qochar xayolim og‘ir,

Nedan bezovtaman bilmayman o‘zim.

Va birdan ruhimga nur yuguradi,

Osmon sarhadiga tusharkan ko‘zim.

 

Yo Alloh Sen borsan, bezovta qalbga,

Sening yoding bilan topaman najot.

Va, umid qushlari to‘rt tomonimda,

Go‘yo meni chorlab qoqadi, qanot.

 

Sening yoding buncha xushbo‘y ey Rabbim,

Xushbaxt kunlar zavqin solar dilimga.

Shundanmi eng g‘amgin lahzalarimda

Faqat Sening isming kelar tilimga.

 

Shukr, ko‘zlarimda yorishmoqda tong,

Shafaqlar poylaydi dardchil jismimni.

Bu munavvar tongda yana entikib-

Gulday hidlayapman xushbo‘y ismingni...


Kiritilgan vaqti: 26/10/2019 16:14;   Ko‘rilganligi: 1076
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/culture/ismat-kuchiev-ijodidan-sherlar
Chop etilgan vaqti: 24/04/2024 01:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing