O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Ақийда

FOLBIN VA BASHORATCHILARGA ISHONMANG

 
 

Musulmon kishi folbinlarning gapiga ishonishi, uni to‘g‘ri deb bilishi sof Islom aqidasiga zid ekanligini har bir kishi bilib olishi kerak. Folbin arab tilida “kohin” deyiladi, ya'ni kelajakda bo‘ladigan ishlarni bilishini da'vo qiladi. Bashoratchi arab tilida “arrof” deyiladi. So‘rovchining gapiga qarab yo‘qolgan narsaning joyini, olgan shaxsning ba'zi bir sifatlarini aytib berishini da'vo qiladi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Kim folbinga borsa va uning aytgan gapiga ishonsa Muhammad sollalohu alayhi vasallamga nozil qilingan narsaga kofir bo‘libdi”. Imom Buxoriyning “Sahih”larida Oisha roziyallohu anho onamizdan quyidagi rivoyat keltiriladi: “Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan folbinlar haqida so‘rashdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ular hech narsaga arzimaydi”Yu dedilar. Odamlar, ey Allohning Rasuli, ba'zan ularning aytganlari to‘g‘ri bo‘lib chiqadiku deyishdi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “U haqdan bo‘lgan bir kalima bo‘lib, jinlardan biri uni ilib oladi va folbinning qulog‘iga yuzdan ortiq yolg‘onni qo‘shib yetkazadi” -dedilar.

Dinimizda folbinlikning qoralashini boisi, uning jamiyat uchun moddiy, ma'naviy, axloqiy, etiqodiy zararlari borligi uchundir. Folbinlikdan topilgan mol harom, folbinga mol sarflaganning puli isrof va molda baraka bulmaydi.         Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xadisi shariflarida: “Va folbinning olgan haqi haromdir”, deganlar. Ayrim kishilarning ishi yurishmasa ham, betob bo‘lsa ham, qizlarga sovchi kelmasa ham, qo‘yingki, har qanday muammosi bo‘lsa ham folbinga borishini eshitib qolamiz. Folbin esa murojaat qilganlarga qarindoshlardan, qo‘shnilardan yoki hamkasblardan kimdir ilmu amal qilgan, deydi. Ko‘ribsizki qarindoshlarga, hamkasblarga, qo‘shnilarga yomon nazar bilan qaray boshlaydi. Turli tuman yomon fikrlar va gumonlar girdobida qoladi. Bu esa jamiyatga katta zarar keltiradi.

Vosila ibn Aska' roziyallohu anhu “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Kim folbinning huzuriga kelsa, undan biror narsa so‘rasa, qirq kechaga tavbasi to‘siladi. Agar folbinning gapiga ishonsa kofir bo‘ladi” deganlarini eshitdim” degan.

Folbinlarga ishonib aqidamizni buzmaylik, imonimizdan ajrab ikki dunyomizni kuydirmaylik.

Xayrullo DO‘STMURODOV - Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 02/12/2019 15:19;   Ko‘rilganligi: 236
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/aqidah/folbin-va-bashoratchilarga-ishonmang
Chop etilgan vaqti: 01/06/2020 04:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing