O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

TASAVVUF VA ZAMONAVIY TARIQATCHILIK

 
 

Tasavvuf islom olamining ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-madaniy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida katta ta'sirga ega bo‘lgan diniy-irfoniy ta'limot bo‘lib, IX–X asrlardan boshlab musulmon jamiyati orasida keng yoyila boshlagan.

“Tasavvuf” va “sufiylik” so‘zlarining o‘zagi bir bo‘lib, ba'zan ilmiy hamda diniy adabiyotlarda ma'nodosh sifatida qo‘llaniladi. Ushbu so‘zning etimalogiyasi haqida gap ketganda ba'zilar bu so‘z “saf” so‘zidan kelib chiqqan deydilar, chunki sufiy Iloh yo‘liga kirganlarning birinchi safida turuvchidir. Ba'zi olimlar uni “suffa” so‘zidan hosil bo‘lgan deb ataydilar: as'hobi suffa hazrati Payg‘amdar (a.s.) tirikligidayoq tarki dunyo qilgan taqvodor kishilar bo‘lib, sufiylar shularga taqlid qiladilar, deb tushuntiradilar. Yana bir guruh olimlar sufiy so‘zi “safo” so‘zidan kelib chiqqan, chunki bu toifaning qalbi sidqu safo oftobiday porlab turadi, deganlar. Yana ba'zilar sufiy “sufuh” so‘zidan yasalgan, sufuh – biron-bir narsaning hulosasidir, bu jamoa xalqning xulosasi bo‘lganligi sababli ularni sufiy deganlar, deb yozadilar. Biroq aksariyat olimlar “tasavvuf” va “sufiylik” atamalari arabcha “suf”so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “yung” ma'nosini anglatadi, degan fikrni qo‘llab quvvatlaydilar. Bunga sabab, ta'limot yuzaga kelgan davrdagi ilk sufiylarning ust-boshi o‘sha davrdagi eng arzon mato – yungdan to‘qilgan kiyim (xirqa yoki janda deb yuritiladi) yoki po‘stindan iborat bo‘lgan. Keyinchalik, yungdan to‘qilgan kiyim-bosh dunyo tashvishlariga befarq kishilarning asosiy tashqi belgisi o‘laroq faqirona turmush tarzining ramziga aylangan. O‘rta asrlarda “darvesh”, “qalandar” deb yuritilgan tarki dunyochi va darbadar sufiylarning kiyimlari ham yungdan to‘qilgan chopon yoki po‘stin bo‘lgan.

Zayniddin ESHONQULOV – O‘MI Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 07/11/2019 16:40;   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/actual/tasavvuf-va-zamonaviy-tariqatchilik
Chop etilgan vaqti: 18/11/2019 01:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing