O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Salafiylikning terrorchilik harakatlarida ishtiroki

 
 

Soxta salafiylarning fikricha, hukumatga xizmat qilayotgan davlat, huquqini muhofaza qilish idoralari xodimlari va harbiylar “dinsizlar” toifasidan hisoblanadi. Bu yulda davlat rahbarlari, hokimyat idoralari vakillarini obro‘sizlantirish hamda rasmiy diniy ulamolarning mavqelarini zaiflashtirish maqsadida ularning hayotiga tajovuz qilishgacha borishmoqda. Jumladan, 2009 yilda O‘zbekistonda bir qator diniy ulamolarga nisbatan tajovuzlar uyushtirilgani buning yorqin misolidir.

Soxta salafiy “Jihodchilar” ning aynan shu yo‘nalishdagi faoliyati ayrim qo‘shni davlatlarda kuzatilganini ham qayd etish lozim. Chunonchi, 2007 yilning bohorida Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida ularning to‘rt nafar a'zosi inkassator va yirik tadbirkorlarga hujum uyuishtirishga tayyorgarlik ko‘rayotganida qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, pullar jihodchilarning terrorchilik harakatini amalga oshirish uchun berilishi rejalashtirilgan. Aynan shu yilning avgustida ushbu harakatning boshqa bir qator a'zolari terrorchilikda ayiblanib qo‘lga olingan va ularning Chimkent shahridagi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi departamentini portlatmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Oqim a'zolaridan binoning plan-sxemasi, xodimlar hamda ularning yaqin qarindoshlarining uy manzillari va telefon raqamlari ro‘yxati bilan birga barcha maxsus xizmat vakillarini yo‘q qilishga qaratilagn fatvo ashyoviy dalil sifatida olingan.

         Shuningdek, 2007 yilda qo‘shni Tojikistonda paydo bo‘lgan soxta salafiylar tamonidan hanafiy mazhabi vakillari hidoyatdan adashganlar, shia musulmonlari esa kofir deb e'lon qilingan. Bu kabi holatlar mamlakat barqarorligiga jiddiy xavf-xatar solishi mumkinligi inobatga olinib, 2009 yil yanvar' oyida Tojikiston Oliy sudi tamonidan konstitusiyaviy tuzimni himoya qilish, davlat xavsizligini mustahkamlashga va konfessiyalararo kelishmovchiliklarni oldini olish maqsadida ushbu harakat faoliyati taqiqlandi. Bundan tashqari, 1998 yilda Keniya va Tanzaniya davlatlaridagi AQSH, 2000 yil Jakarta Indoneziyadagi cherkovda, 2004 yil iyulida Toshkent shahridagi AQSH va Isroil elchixonalari binolari hamda 2008 yil noyabrida Mumbay Hindistondagi Yahudiylar markazida, 2010 yil sentyabirida Bishkek Qirig‘izistondagi Yahudiylar sinagogasida sodir etilgan portlatishlar soxta salafiylarning o‘zga din vakillariga nisbatan shafqatsiz uslublardagi harakatlariga misol bo‘la oladi.

         Harakatga munosabat. Mutaassiblikka asoslangan nazariy qarashlardan terrorchilik amalyotiga o‘tish, terrorchilikning yangi usullariga murojaat qilish hamda zamonaviy texnologiya va kommunikatsiya vositalari imkonyatlaridan foydalangan holda o‘z g‘oyalarini

Z.Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 04/12/2019 11:24;   Ko‘rilganligi: 56
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/actual/salafiylikning-terrorchilik-harakatlarida-ishtiroki
Chop etilgan vaqti: 23/01/2020 19:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing