O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Sabrimiz chiroyli bo‘lsin

 
 

 Hozirgi kunning eng asosiy muammosi bu “KORONAVIRUS” bo‘lib qoldi. Bir narsani esdan chiqarmastligimiz lozimki bizlardan oldin ham ko‘p marotaba insonlarga bunaqa kasalliklar bo‘lgan, lekin biror marotaba dunyo miqyosida karantin bu qadar bo‘lmagan. Ba'zi davlatlarda har xil balo ofatlar kelishligi ularning qilgan gunoh va ma'siyatriga qarab bo‘lganligi bizlarga sir emas.

Bugungi kunda bizlarning ham gunohlarimiz shu qadar ko‘payib ketdiki, bir kishi zino, o‘g‘irlik, firibgarlik, qotillik kabi ishlar qiladigan bo‘lsa el orasida oddiy holatga o‘xshab ko‘rinib qoldi. Dastlab virus Xitoyda tarqalganligi sabab hamma Xitoyga Alloh balo ofat yubordi deb bong urushdi. Musulmonlarga virus yuqmayapti ekan degan gap so‘zlartarqalganligi sabab, aksariyat aholisimusulmon bo‘lgan davlatlar anchagina xatirjam edi. Bu xarimjamlik uzoqga cho‘zilmadi. Afsuski bu kasallik irq, millat, din, va jins tanlamas ekan. Barcha ommaviy axborot vositalarining asosiy xabarlari koronavirus bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Butun dunyoni tashvishga solgan bu balo oqibatida davlatlar iqtisodiyoti misli ko‘rilmagan darajada pasaib oziq-ovqat muammosi birinchi o‘ringa chiqib qoldi. Inson qadami yetgan joy borki hozirda kimdir karantindan va boshqalar cheklovlardan aziyat chekmoqda.

Biz musulmonlar ham namozlarni jamoat bilan o‘qishlikni juda ham sog‘inganmiz. Namozni jamoat bilan o‘qishlik 27 daraja savobi ko‘p ekanligini bilamiz, lekin hozirgi kunda uyda namozlarni o‘qisak Xudo hollasa bu virusdan halos bo‘lsak yanada namozda jamoatlarimiz bundanda ko‘p bo‘lishiga umid qilamiz. Ramazon oyiga ham sanoqli kunlar qoldi.Bu yil Muborak Ramazon oyida tumanimizdagi 31 ta masjidning 18 tasida xatmonalar qilishlik rejalashtirilgan. Bu xatmonalarga jamoat qancha katta bo‘lsa savobi ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

Albatta sabr bilan bu aziyatlardan xalos bo‘lamiz. Islom tarixidan bizlarga ma'mulki Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga kelgan barcha musibatlarga sabr bilan yengib o‘tganlar. Sabr qilishlikda jazavaga tushish yoki bo‘lmasa har xil mish-mishlar tarqatish va shunga o‘xshash ishlarni qilishlik bilan emas chiroyli sabr qilish bilan yengishimiz lozim bo‘ladi. Alloh Taolo Rasululloh (s.a.v)ga  “Bas chiroyli sabr qil” (Maorij surasi 5-oyat) deb marhamat qilgan. Odam farzandi dunyoga kelibdiki Allohning sinovida bo‘ladi. O‘sha sinovlarni kimlardir sabr bilan yengadi, kimlardir sabrsizlik bilan yengiladi. Dardini bergan davosini ham beradi. Bunaqa kasalliklarga shifo topulganga qadar chiroyli sabrli bo‘lishlik kerak. Aytilganqoidalarni sabr toqat bilan qilishlik lozimdir. Tezda bizlarning boshimizdan Alloh Taolo bu baloni aritishini umid qilamizki. Allohning rahmatidan faqat shaytonlar noumid, biz bandalar umidni so‘ndirmastligimiz va koronavirusdan xalos bo‘lishimiz uchun barchamiz bor imkoniyatimiz bilan kurashishimiz kerak. 

    Qodirov Usmon Kattaqo‘rg‘on tuman "Valijon" jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 31/03/2020 17:03;   Ko‘rilganligi: 1309
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/sabrimiz-chiroyli-bolsin
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing