O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bolalarga qilgan muomalalari.

 
 

Robi'ul avval — suyukli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mavlid oyida ekanmiz, Ul zotning xulqi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish va siratlarini dars qilish ummat uchun faxrdir.

Rasululloh sollallohu   alayhi   vasallam yoshlarga bo‘lgan munosabatlari o‘zgacha edilar. Ayniqsa yosh bolalarga  nisbatan   juda  xam   mexribon  bo‘lib, chiroyli  muomala  qilardilar. .Buni  quyidagi  hadislardan  bilib  olishimiz  mumkin.

Abu  Hurayra  roziyallohu  anhudan  rivoyat  qilinadi:;”Rasululloh  sollallahu  alayhi  vasallam  Hasan  ibn  Alini o‘pdilar.Ul  zotning  huzurlarida  Aqra'  ibn  hobis  Tamiymiy  o‘tirgan  edi . Bas,Aqra':”

“Mening  o‘nta  bolam  bor .  Ulardan  birortasini  xam  o‘pganim  yo‘q”,-dedi.

Rasullulloh  sollallohu  alayhi   vasallam  unga  nazar  soldilar va:

“Kim  rahim  qilmasa , unga   rahim  qilinmaydi”,-dedilar.

Buxoriy  va  Muslim  rivoyat  qilishgan.

Shaddod   ibn   Hod  roziyallohu  anxudan rivoyat qilinadi.

“Rasullulloh  sollallohu   alayhi  vasallam  Shom  va   Xufton  namozlaridan   birida  oldimizga  chiqdilar. Ul  zot  Xasan  yoki  Xusayinni    ko‘tarib  olgan  edilar.Rasululloh  sollallohu  alayhi  vasallam  oldinga   o‘tdilar   va  uni  yerga  qo‘ydilar.

So‘ng  namozga  takbir  aytdilar. Namozdagi   sajdalardan  birida  sajdani  cho‘zib  yubordilar. Men    boshimni  ko‘tardim. Qarasam,Rasululloh  sollallahu   alayhu  vasallam  sajda  qilgan  xollarida, bola  esa,  u  zotning  orqalariga  chiqib olibdi. Sajdamga   qaytdim. Rasululloh  sollallohu  alayhu   vasallam  namozni  tugatganlarida, odamlar:

“Yo  Rasulalloh!  Siz  namozdagi   sajdalardan   birida   sajdani  cho‘zib  yubordingiz , hattoki,  biz  biror  ish  bo‘ldimi  yoki  sizga  vahiy  qilinyaptimi ,deb  o‘yladik”,-deyishdi.

“Ularning  hech  biri  bo‘lgani  yo‘q.   Lekin  o‘g‘lim  meni  ulov  qilib  oldi. To u hojatni   qondirgunicha, shoshiltirishni  yoqtirmadim”,-dedilar.

Nasaiy  va  Hokim  rivoyat  qilishgan.

Burayda  roziyallohu  anhudan rivoyat  qilinadi:

“Nabiy  sollallohu  alayhi  vasallam bizga   xutba  qilayotgan  edilar .Birdan  Xasan  va  Husayin  alayhimassalom ustlarida  qizil  ko‘ylak ila  qoqilib — yiqilib  kela  boshladilar  Rasululloh  sollalloxu  alayxi  vasallam  minbardan   tushib, ikovlarini  ko‘tarib  oldilar,oldilariga  qo‘ydilar  va :

“Alloh to‘g‘ri aytadir: ”Albatta, mollaringizva  bolalaringiz  fitnadir” Bu  ikki   go‘dakka nazar solsam, qoqilib-yiqilib  kelishmoqda; sabr  qilolmay, gapimni  bo‘lib, ikkovini  ko‘tarib  oldim”,-dedilar.”

Termizi,Ibn  Xuzayma  va  Ibn Hibbon  rivoyat  qilishgan.

Salama  ibn Akva'   Roziyalloxu  anhudan  rivoyat   qilinadi:

“Rasululloh  sollallohu  alayhi  vasallamning  “Shahbaa”  xachirlarini  u zot, Hasan   va  Husayn    minib  olgan  xolda  yetakladim.Ularni  Nabiy  sollallohu   alayhi  vasallamning xujralariga  kiritdim. Bunisi  oldilarida   unisi  ortlarida  edi “.

Muslim rivoyat  qilgan.

Usoma  ibn Zayd  roziyallohu  anxudan rivoyat  qilinadi:

“Rasululloh  sollallohu  alayhi  vasallom   uni   va Xasan  ibi   Alini  olib ikki  sonlariga    ustiga  o‘tkazar  va:

“Allohim  ikkisini   yaxshi  ko‘raman. Albatta, ikkisini  yaxshi ko‘raman.,”-der  edilar”

Buxoriy  rivoyat  qilgan.

Boshqa  rivoyatda:

“Rasululloh  sollallohu  alayhi  vasallammeni  olib  sonlariga  o‘tqazar  edilar  va  Hasanni  boshqa sonlariga   o‘tqazar edilar. So‘ng  ikkimizni  quchoqlab  turib:

“Allohim, ikkisiga  rahim  qilaman. Albatta  ikkisiga  rahim  qilaman”,-der  edilar”.

Buxoriy  va  Muslim  rivoyat qilishgan.

Abu  Qatoda  roziyallohu  anhudan  rivoyat  qilinadi.:

“Rasulullox  sollallohu   alyhi vasallam  qizlari    Zaynab  va  kuyovlari  Abu  Ossning  qizi  Umomani  yelkalarida  ko‘tarib  namoz  o‘qir  edilar. Bas, qachon  tursalar, uni  ko‘tarar  va  sajda  qilsalar  qo‘yar  edilar”.

Buxoriy  va  Muslim  rivoyat  qilishgan.

Demak,  Rasululloh  sollallohu   alayhi  vasallam  barchaga   shuningdek,  bolalarga  xam  birdek   mexribon  bo‘lganlar. Hatto  yosh  bolalarning  oldidan  o‘tsalar  ularga  birinchi  bo‘lib  o‘zlari  salom   berganlar.

Payg‘ambarimiz  alayhisalomning  bu  darajadagi  oliyjanobliklaridan  butun  insoniyat  o‘rnak  olishi  lozim.

 

Nurbek Xidirov,

Ko‘kto‘nli bobo jome masjidi imom xatibi    


Kiritilgan vaqti: 19/10/2020 14:18;   Ko‘rilganligi: 1035
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/rasululloh-sollallohu-alayhi-vasallamning-bolalarga-qilgan-muomalalari
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 01:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing