O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

O‘zbegimning jonkuyar shifokorlari

 
 

Bemor dardiga shifo topishda albatta, tibbiy mutaxassis ko‘magiga muhtoj bo‘ladi. Zero bu Islom dinining tavsiyasidir. Alloh taolo bandalariga bergan ne'matlar ichida  eng birinchi o‘rinda mustahkam imon tursa, undan keyingi ikkinchi o‘rinda sog‘lik turar ekan. Islom sog‘likni Alloh taolo bandaga bergan ulug‘ ne'mat ekanini, uning uchun banda shukr qilishi lozimligini ta'kidlaydi. Imom Ahmad Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytilgan: “Allohdan yaqiynni va mustahkam sog‘likni so‘ranglar. Hech bir kimsaga yaqiyndan keyin ofiyatchalik yaxshi narsa berilmagan”.

Muqaddas dinimiz tabobat ilmi bilan shug‘ullanishni shari'at ilmlaridan so‘ng eng sharaflisi va ummat uchun eng manfaatlisi deb hisoblaydi. Chunki, tabiblar bemorlarni shifo topishi, hayotda darddan forig‘ bo‘lib hayot kechirishiga sababchilardandir. Imom Shofi'iy rahimahulloh:"(Haqiqiy) Ilm ikkitadir. Bular, din va dunyo ilmlari. Din ilmi fiqh bo‘lsa, dunyo ilmi tabobatdir. Sening diniy ishlaring uchun fatvo bera oladigan olim va tanangdagi jarayondan xabar bera oladigan tabib bo‘lmagan shaharda hech ham yashama", deyishlaridan tabib, tib soha vakillarining mavqei islomda naqadar yuqori ekanligini anglash mumkin. Uzoq yillar tabobat sohasida ta'lim olib, so‘ng ushbu ilmlarini kishilarning sog‘ligini tiklash, ularga manfaat yetkazishga bel bog‘lagan ushbu kasb egalari ulkan ajru savob uzradirlar desak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Mana shu kasbni tanlashlari orqali ular o‘zlari uchun insoniyatga yaxshilik, ezgulik yetkazishdek oliyjanob fazilatga ega bo‘ldilar.Chunki Alloh taolo o‘z kalomida " Kim uni tiriltirsa, xuddi hamma odamlarni tiriltirgandek bo‘ladi" (Moida surasi 32-oyat), deya birgina insonni tirik, sog‘, omon qolishiga hissa qo‘shgan kishining butun insoniyatni saqlab qolganlik darajasi bilan mukofotlashini xabar qilmoqda.

Tibbiyot sohasi vakillari har doimgidanda bugungi kunlarimizda katta jasorat ko‘rsatmoqda. O‘zlariga yeasalliye yuqish xavfi bo‘laturib, kishilar salomatligi yo‘lida kunni tunga ulab, hatto o‘z uyi, oilasi, farzandlari bag‘ri kelaolmasdan mehnat qilmoqda. Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ularni munosib tarzda qo‘llab quvvatlanmoqda. Saxovatpesha yeishilarimiz ham ular va ularning oila a'zolari holidan xabar olib, ma'naviy va moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlashga intilmoqdalar. Hurmatli sog‘liq posbonlari, butun xalqimiz nomidan sizga o‘z mignatdorchilik va tashakkurlarimizni sizga izhor etamiz. Hech qachon charchamang, bemor bo‘lmang. Inshalloh barchamiz bir bo‘lib,  bu sinovlardan Alloh taoloning inoyati bilan o‘tamiz.

Jahongirxon Abrorov - O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot kotibi 


Kiritilgan vaqti: 28/03/2020 14:34;   Ko‘rilganligi: 86
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ozbegimning-jonkuyar-shifokorlari
Chop etilgan vaqti: 02/06/2020 05:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing