O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

“Musulmon birodarlar” terrorchi tashkiloti harakatga munosabat.

 
 

XX asrning so‘ngi yillariga kelib diniy uyushma sifatida ochiq faoliyat yuritgan  “Musulmon birodarlar”ning siyosiy qanoti terrorizimdan voz kechib, diniy-siyosiy partiyaga aylangani e'lon qilindi va jamiyatdagi ta'siri yanada kengayib bordi.

Hattoki, 2005 yilning noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tgan “Milliy Majlis” (Parlament) saylovlarida “Musulmon birodarlar” “mustaqil nomzodlar” sifatida qatnashib, umumiy 454 o‘rindan 88 o‘ringa (umumiy hisobda 20 foizi ) ega bo‘ldi va mamlakat parlamentida eng yirik muholifat blokini tashkil etdi. Buning natijasida umumarab diniy harakatiga  aylangan “Musulmon birodarlar” tashkilotining faoliyati oshkora siyosiy tus oldi. 2011 yil 25 yanvarda Misr poytaxti Qohirada boshlangan yirik norozilik namoyishlari, 11 fevralda Prezident Husni Muborak istefosi bilan yakunlandi. Buning natijasida, 2012 yil mamlakat prezidentini saylash uchun bo‘lib o‘tgan ikki bosqichli saylov natijalariga ko‘ra, “Musulmon birodarlar”  harakatining siyosiy qanoti hsoblangan “Adolat va ozodlik partiyasi ”rahbari Muhammad Mursiy Misr prezidenti etib saylandi. Ammo oradan bir yil o‘tib, 2013 yil 3 iyulda “Musulmon birodarlar”  vakili bo‘lgan Muhammad Mursiy mamlakatda tinimsiz davom etgan ommoviy noroziliklar natijasida harbiylar tomonidan hokimyatdan chetlashtirildi.

Yuqorida qayd etilgan tahlil “Musulmon birodarlar”ning uzoq yillar davomida olib borgan faoliyati Misrda davriy ravishda ijtimoiy- iqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqarishi bilan bir qatorda musulmon dunyosiga mansub boshqa davlatlarda radikal diniy-siyosiy tashkilotlar vujudga kelishiga mafkuraviy va tashkiliy zamin yaratgani haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.    

Zayniddin Eshonqulov O‘MI - Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)

 

 


Kiritilgan vaqti: 04/01/2020 09:36;   Ko‘rilganligi: 1115
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/musulmon-birodarlar-terrorchi-tashkiloti-harakatga-munosabat
Chop etilgan vaqti: 17/04/2024 04:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing