O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

“MUSULMON BIRODARLAR” ekstremistik tashkiloti faoliyat uslublari.

 
 

“Musulmon birodarlar” o‘z tarixida bir necha bosqichlarini bosib o‘tgan. Dastlab “Musulmon birodarlar” tashkiloti o‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan ko‘p sonli mayda “islomiy” guruhlardan  biri hisoblanar edi.

Shuning uchun Hasan al-Banno o‘z targ‘ibotlarini odamlarga kengroq yoyish maqsadida, Misrning bir qancha shaharlariga safar uyuishtirgan. Keyinchalik esa turli shahar va mintaqalarga o‘zining vakillarini  yuborgan. Bunday safarlar natijasida, qisqa vaqt ichida, yani 1930-yillar oxiriga borib, mamlakatning deyarli barcha mintaqasida tashkilotning bo‘limlari faoliyat yurita boshlagan.

Moliyaviy manbalari. “Musulmon birodarlar” tashkiloti tashkil etilganidan, to hozirgi kunga qadar turli moliyaviy manbalar hisobiga faoliyat yuritadi. Jumladan, tashkilotning a'zolik badallari, uning ochiq faoliyat yurituvchi bo‘limlaridan tushadigan daromadi va turli mamlakatlardagi ba'zi jamg‘armalar tomonidan maqsadli ravishda ajratiladigan mablag‘larni aytish mumkin.

Harakatga a'zolik. “Musulmon birodarlar”ga a'zo  bo‘lib kiradigan yangi shaxs Allohning nomi bilan harakat safiga  boshqalarni da'vat qilish, tashkilot talablarini so‘zsiz bajarish, uning  rahbarlariga ikkilanmay ishonish, harakatning eng katta amiriga bo‘ysunish haqida qasam ichadi.

Zayniddin Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyati vakili (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 26/12/2019 10:35;   Ko‘rilganligi: 1365
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/musulmon-birodarlar-ekstremistik-tashkiloti-faoliyat-uslublari
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 12:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing