O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

“MUSULMON BIRODARLAR”

 
 

Tashkilot nomi. “Jamoat al-Ixvon al-muslimin”- “Musulmon birodarlar jamoasi” yoki “Muslmon birodarlar”. Asoschisi va yuzaga kelish tarixi. “Musulmon birodarlar” harakatiga  1928 yil mart oyida Misrning Ismoiliya shahrida Hasan al-Banno (1906-1949) tomonidan asos solingan.

Tashkilot g‘oyalari. Tashkilotning asosiy g‘oyalari Hasan al-Banno va Sayyid Qutb tomonidan targ‘ib qilingan. Hasan al-Banno o‘zining “Fannul-mavt” kitobida mavjud hukumatlarni yo‘qqilishga erishish yo‘larini izohlagan holda, ilk martda o‘zini o‘zi qurbon qilish shaklida jangarilik amaliyotini tayyorlash va amalga oshirish bilan bog‘lik faoliyatini oqlab fatvo bergan.

Sayyid Qutb tashkilot faoliyatining yanada radikallashuviga zamin yaratgan. Xususan, u 1965 yilda yozgan “Yo‘ldagi belgilar” kitobida arab jamiyati “Johiliya” davriga qaytib, manaviy tanazzulga uchradi, bunday vaziyatda asl dindorlar jamiyatdan ajralib, alohida jamoalar tuzishlari hamda johilyatga aylangan jamiyatni islomlashtirish uchun jixod olib borishlari lozim, degan g‘oyani ilgari surgan. Bunda u “jihod” tushinchasini dinsizlar hatto, uning talqiniga qo‘shilmagan musulmonlarga qarshi qurolli kurash manosida qo‘llay boshlagan. Tashkilot “Alloh-bizning maqsadimiz, Quron-qomusimiz, Payg‘ambar-bizning yetakchimiz, Jihod-bizning yo‘limiz va Alloh yo‘lida qurbon bo‘lish bizning eng oliy orzuimizdir” degan tamoyilini o‘zining bosh shiori qilib olgan.

Zayniddin Eshonqulov O‘MI- Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 24/12/2019 10:16;   Ko‘rilganligi: 2376
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/musulmon-birodarlar
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 22:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing