O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Muftiy hazratlarining Qirg‘izistonga safarlari boshlandi

 
 

Bugun, 25 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Qirg‘iziston davlatiga safari boshlandi. Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maqsadbek Toktamushev boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar O‘zbekiston delegatsiyasini kutib oldilar.

Hozirgi kunda mamlakatlarimiz rahbarlarining sa'y-harakatlari bilan hamkorlik aloqalari keyingi yillarda keng quloch yoymoqda. Ayniqsa, mintaqa mamlakatlari diniy idoralari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida qayd etish kerak. O‘tgan Ramazon oyi va hayit bayramlari kunini belgilash va namoz vaqtlarini aniqlashda olib borilgan ulamolar hamkorligi so‘zimizga yaqqol misol bo‘la oladi.
Bugun bo‘lib o‘tayotgan muloqotlar mamlakatlar o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik munosabatlarining uzviy davomi sifatida maydonga keldi. Muloqotlarda qardosh xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, hozirgi kundagi turli tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish, mo‘min-musulmonlar birdamligini ta'minlash kabi masalalarga alohida urg‘u qaratiladi.
Safar jarayonlarini saytimiz orqali kuzatib boring.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/06/2020 14:03;   Ko‘rilganligi: 897
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/muftiy-hazratlarining-qirgizistonga-safarlari-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 02:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing