O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Muftiy hazratlarining maqolalari hammamiz uchun dasturul amaldir

 
 

Bugun butun dunyo aholisining o‘y-xayoli,  turish-turmushini bir vahima - koronavirus hadigi chulg‘ab olgan. Keksayu yosh, kattayu kichik, barcha - tojsimon virusga yo‘liqmaslik choralarini ko‘ryapti.

Quvonarlisi, mamlakatimizda ushbu virusga qarshi barcha zarur chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Prezident farmoni, hukumat qarorlari qabul qilindi. Har bir ish Alloh taoloning xohish irodasi bilan bo‘ladi. Kasallik yetishi ham, shifoham Uning O‘zidan.

Alloh taolo qaysi bir kasallikni tushirgan bo‘lsa, uning davosini ham tushirgan. Har qanday kasallikning shifosini faqat va faqat Alloh taoloning O‘zi beradi. U Zot Qur'oni karimda shunday deb marhamat qilgan: «Bemor bo‘lganimda menga shifo beradigan ham Uning O‘zi» (Shuaro surasi, 80-oyat).

Imom Ahmad rivoyat qilgan bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam «Ey, Allohning bandalari, davolaninglar! Chunki Alloh qaysi kasallikni tushirgan bo‘lsa, uning shifosini ham tushirgandir. Faqat bitta kasallik – keksalikning davosi yo‘q» deganlar.

Mo‘min-musulmon odam o‘ziga tekkan kasallikka qarshi kurashib, Alloh taolodan komil shifo so‘rab, davolash choralarini ko‘rishi kerak.

Demak,  mo‘min kishi biror dardga yo‘liqsa davolanishi, o‘zini kasallikka chalinishdan asrashi lozim ekan. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimizning amakilari Abbos (raziyallohu anhu) Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan duo o‘rgatishni so‘raganlarida, Payg‘ambarimiz: «Allohdan avf va ofiyat tilagin. Zero, U hech kimga qat'iy iymon-ishonchdan keyin ofiyatdan ko‘ra afzalroq ne'mat ato etmagan», degan ekanlar. Ofiyat bu – tanlarimiz sog‘ligi, rizqlarimiz mo‘lligi va turli xavf-xatarlardan omonlikdir. Hasan Basriy aytadilar: «Yomonliklardan xoli yaxshilik, bu-shukri ado etilishi lozim bo‘lgan ofiyatdir».

Tibbiyot soxa mutaxassislarining tavsiyalariga qat'iy rioya qilish,  ushbu kasallikning bartaraf etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan barcha chora tadbirlarga xayrixohlik bilan amal qilish bu bandaning o‘ziga ofiyat so‘ragani bo‘ladi. O‘rnatilgan tartib qoidalarga e'tiroz bildirish o‘rniga o‘z jonlarini sizu biz uchun xatarga qo‘yayotgan tibbiyot va boshqa soha xodimlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirishimiz,  Alloh taolo ularni ham O‘zi asrashini so‘rab duolar qilishimiz biz fuqarolarning burchi ekanligini unutmaylik. 

Zero yurt rahbari ham fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qo‘shayotgan ulkan hissalarini va fidokorona xizmatlarini e'tirof etgan holda, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish ishlariga jalb etilgan tibbiyot, sanitar-epidemiologik va boshqa xodimlarni qo‘shimcha ijtimoiy hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida alohida qarorni imzoladilar. 

Mana shunday sharafli vazifani o‘z qasamyodiga sodiq qolgan holda bajarib kelayotgan tibbiyot xodimlarining bugungi har bir kuni qahramonlik bo‘lib, Alloh taoloning dargohida ulug‘ ajru savoblarga noil bo‘ladi, insha Alloh.

Shu borada e'lon qilingan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon ALIMOV hazratlarining “Donishmand xalqimiz bu sinovni Xaq taoloning rahmati ila yengib o‘tadinomli maqolalarining mazmun mohiyati bilan yaqidan tanishib, butun dunyoga tahdid bo‘layotgan pandemiyaga qarshi kurashayotgan matonatli shifokorlarning mehnatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan holda, ularning haqlariga duoi xayrlar qilaylik. 

Keling aziz yurtdoshlar barchamiz yanada birlashib, o‘z itoat va mustahaam irodamizni namoyon etaylik!


  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  

Zayniddin domla Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat vakili


Kiritilgan vaqti: 28/03/2020 12:16;   Ko‘rilganligi: 1009
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/muftiy-hazratlarining-maqolalari-hammamiz-uchun-dasturul-amaldir
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 23:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing