O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Metro qurilishida halok bo‘lganlarga 90 ta xatmi Qur'on bag‘ishlandi

 
 

 Og‘ir kunlarda doimo bir-biriga yelkadosh bo‘lgan xalqimiz shu kunlarda metroning “Yunusobod” yo‘nalishida sodir bo‘lgan fojiada halok bo‘lgan hamyurtlarimiz oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, ta'ziya bildirishda davom etishmoqda.

Hatto qo‘shni va olis viloyatlardan ham kelib, bunday qayg‘uli kunlarida sherik ekanlarini izhor qilishmoqda. Savobli ishlarda peshqadam bo‘lgan diniy soha xodimlari bu ishda ham ibrat bo‘lishmoqda.
Diniy idora tasarrufidagi oliy va o‘rta-maxsus diniy ta'lim muassasalarida 90 ta xatmi Qur'on o‘qilib, halok bo‘lganlar ruhi poklariga bag‘shida qilindi.
Xatmi Qur'onlar yakunida Yaratgan Parvardigordan halok bo‘lganlarning solih amallarini o‘zlariga hamroh qilishini, gunohlarini mag‘firat etishini, yotgan joylarini jannat bog‘laridan bir bog‘ qilishini iltijo qilib so‘raldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 20/12/2019 15:45;   Ko‘rilganligi: 852
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/metro-qurilishida-halok-bolganlarga-90-ta-xatmi-quron-bagishlandi
Chop etilgan vaqti: 23/04/2024 10:29
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing