O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

MA'RIFATGA BESHIK BO‘LGAN YURT

 
 

Ilm bor joyda kitob ko‘payadi. Kitob bor joyda ilm rivojlanadi. Qadim davirlardan hozirgi kungacha har bir xalq va jamiyatni savyasi, marifatliligi kitobga bo‘lgan munosabati bilan o‘lchanadi.

Xalqimiz qadim-qadimdan kitobga katta ye'tabor qaratgan va qadimdan jahon ma'rifiy maydonida o‘zining munosib o‘rniga yega bo‘lib kelgan. Bundan qarib uchming yil oldin yozilgan zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lmish “Avisto” ta'limotlariga qaraladigan bo‘lsa, o‘sha davrlarda ham manashu zaminda yashagan insonlarni ma'rifiy tomondan qanchalar yuksak darajada bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Keyinchalik muqaddas Islom dini bizni yurtimizga kirib kelgandan so‘ng, butun ta'limoti ilm-ma'rifatga targ‘ibdan iborat bo‘lgan bu dinni ota-bobolarimiz to‘laligicha mamnuniyat bilan qabul qildi va uni rivojiga bemisil hissa qo‘shdi. Hatto arablarda shunday o‘xshatish paydo bo‘ldi; “Dini islom yomg‘ir bo‘lib arablarga tushirildi va sel bo‘lib Mavronaunnahrga oqib bordi.” Bunday yuksak ta'rif islom dini nozil qilinishiga beshik bo‘lgan xalq tomonidan bekorga berilmagan. Bizni ota-bobolarimiz Islom dinini asl ta'limotini daqiq joylarigacha yaxshi anglab butun islom olamiga ustoz maqomiga yerishgandan keyin bunday yuksak ta'rifga sazovvor bo‘lganlar albatta. Bobolarimizning ilmga bo‘lgan rag‘batlari, kitobga bo‘lgan qiziqishlari iymon va ixlos asosida bo‘lganligi uchun u tezda o‘z samarasini berdi. Ular turli ilmlarni tartibga solib, butun insoniyatga taqdim yetdilar. Diniy ilmlar Fiqh, hadis, aqida ilmlari va arab tili ilmlarida butun islom olamiga ustoz bo‘ldilar. Hadis ilmiga qaraydigan bo‘lsak bu ilmni yeng baland pag‘onasini yegallab “Shayxur rayis” unvoniga sazavvor bo‘lgan vatandoshimiz Imom Buxoriy hazratlari nomlarini butun islom olami hurmat bilan tilga oladi. Muqaddas islom dinini turli xurofiy aqidalardan himoya qilgan va musulmonlarni ahlisunna valjamoa aqidaviy mazhabiga jamlagan ikki aqidaviy mazhabning biri bo‘lmish Moturidiylik mazhabiga ham bizni yurtimiz beshik bo‘lgani har bir vatandoshimizda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Tasavvufda ham butun islom olamida tan olingan va keng tarqalgan Kubroviya, Yassaviya va Naqshbandiya kabi tariqatlar ham aynan shu diyorda vujudga keldi va keng tarqaldi. Buyuk bobolarimiz faqat diniy ilmlar bilan cheklanib qolmay dunyoviy ilmlarda ham mutloq peshqadamlikka yerishgan yedilar. Abu Nasir Farobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Muhamma ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi qomusiy olimlarimiz qoldirib ketgan asarlarga hozirgi kunga qadar turli soxa olimlari murojat qilishadi va turli yangiliklar olishadi.

Bunday buyuk darajaga albatta ilmga, kitobga bo‘lgan muhabbat sababligina yerishish mumkin. Xususan IX asrdan boshlab ota-bobolarimizni o‘lchovlarida haqiqiy boylik deganda kitob tushunilgan. Buyuk vatandoshimiz Ibn Sino o‘zidan muolaja olgan Buxoro amirini kutubxonasi haqida shunday yozib qoldirgan. Buxoro amiri Muhammad Mansurni qasrini ko‘p qismi kitoblarga ajratilgan bo‘lib, u Ibn Sinoga xohlagan kitobni olishga ruxsat bergan. Ushbu kutubxona bilan yaqindan tanishibgan Ibn Sino “Bu yerda ko‘pchilik odamlar hatto nomini ham yeshitmagan kitoblarni ko‘rdim” deb yozib qoldirgan. Buxoroning amiri bir tabibni o‘z huzuriga chorlaganida, “Yangi maskanga ko‘chayotgan yedim, kitoblarimni to‘rt yuz tuyaga ortib qo‘ygandim”, deb uzr so‘ragan yekan.

Kitobga bunchalik qiziqish faqat ulomolar va hukmdorlarga xos bo‘may oddiy xalq ham kitobni jon dildan sevganlar.

O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab diniy-ma'rifiy sohaga ye'tabor qilinishi natijasida ko‘plab yangi kutubxonalar ochildi va borlari kengaytirilib ona tilimizda yozilgan va tarjima qilingan adabiyotlar bilan taminlandi va taminlab kelinmoqda. O‘zbekiston Mustaqillikka yerishgan kundan boshlab ma'rifiy soxaga jiddiy ye'tabor qaratib, o‘tgan ajdodlarimiz asararlarini xalqimizga yitkazish, u ulug‘ allomalarni tabarruk qadamjolarini qayta tiklash kabi sharafli ishga qo‘l urdi va buni davom yettirib kelmoqda.

Bu o‘zgarishlar oxirgi yillarda benihoya keng ko‘lamda amalga oshirilmoqdaki, shu qisqa davr ichida ona tilimizdagi ma'naviy-ma'rifiy sohadagi dadabiyotlar soni keskin suratda o‘sishiga imkon bo‘lmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, “jaholatga qarshi ma'rifat” ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, yezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi yekanligini keng yoritish va ilmiy-ma'rifiy faoliyatni jadallashkiletish;”

 Prezidentimiz farmonidan olingan bu iqtibos bugungi O‘zbekistonni ajdodlarimiz ilmiy faoliyatiga merosxo‘r bo‘lish yo‘lidan borayotganini yorqin namunasi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Shodi domla Xaqberdiyev - Urgut tuman bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 14/05/2020 12:16;   Ko‘rilganligi: 22
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/actual/marifatga-beshik-bolgan-yurt
Chop etilgan vaqti: 30/05/2020 16:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing