O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

MAFTUNKOR SO‘ZNING BADALI

 
 

Olamlar robbisi Alloh taologa hamdu sanolar, butun olamlarga rahmat qilib yuborilgan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hamda u kishining oila a’ozlariga va sahobariga salovotu salomlar bo‘lsin.

Baxtli hayotimiz yanada mukammal bo‘lishi uchun oldin Alloh bilan o‘rtamizdagi bajarishimiz shart bo‘lgan vazifalarimizni amalga oshirib,so‘ng xalq bilan bo‘ladigan ishlarga kurashishimiz lozim. Gapni chiroyli bezab gapirish oson,lekin o‘sha chiroyli gapni maqtalgan sifatlar va ulug‘ amallar ila qolipga solish qiyin ish.

Alloh taolo kitobida shunday marhamat qiladi:

اتامرون الناس بالبر و تنسون أنفسكم و أنتم تتلون الكتاب أفلا تعقلون

“Kitob (Tavrot va Injil) ni o‘qib turib, odamlarni yaxshilikka buyurasiz-u,o‘zingizni yurasizmi?! Aqlni ishlatmayszmi?!”(baqara surasidan 44 oyat).

 Hadisi sharifda aytilganidek:”Yaxshilikka buyurib,uni o‘zi qilmasa,yomonlikdan qaytarib,o‘zi uni sodir etsa,qiyomat kuni o‘tga tashlanadi. Eshakni arqonidan sudragandek uni ichaklaridan sudrab kelinadi. Do‘zax ahli halokati haqida so‘rashganida u:”Men sizlarga yaxshilikka buyurib,o‘zim qilmasa edim va yomonlikdan qaytarib,uni o‘zim qilar edim",deydi “.

 She’r :

          Ey sen,o‘zgalarga berguvchi ta’lim,

          O‘zinga qay mahal berarsan bilim!?

         Aybdan xoli emas hech qaysi inson

         Do‘st tanbehi ila kamayar nuqson

         Bir nishon izlaysan aybsiz insondan,

         O‘zing xolimisan biron nuqsondan!?

Mashhur voiz Abu Muoz Roziy va‘z qilib yig‘ladi,eshitganlar ham birga yig‘ulashdi. So‘ng bunday dedi:

           Taqvoga amr etar,o‘zi betaqvo

            Davolayman deydi, o‘zi bedavo.

Ulamolardan ayrimlari odamlarni sadaqa qilishga buyurishdan oldin o‘zlari sadaqa qilar edilar. Saodat asrida bir ovozdan qilmasa ozod qilish haqida mav’iza qilishni sorashdilar.  U kishi uzoq vaqt pul yig‘ib,so‘ng bir qulni sotib oldi va uni ozod qildi. Keyin boshqalarni qulni ozod etishga targ‘ib qildilar.

Alloh taolo ozining yolida yurishda bardavom qilib,ikki dunyo saodatiga musharraf qilsin!

Isomiddin Muhammadiev - Tayloq tuman o‘rta jome’ masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 24/11/2020 14:09;   Ko‘rilganligi: 729
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/maftunkor-sozning-badali
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 08:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing