O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Islomda ayollarga munosabat .

 
 

Jamiyat xech qachon yolg‘iz erkaklarni o‘zidan tashkil topmaydi bu mumkin emas, balki erkaklar va ayollardan iboratdir. Bu haqiqat hammamizga ma'lum. Bu haqiqatga Islom hazorasida nima deyilgan. Ayolni dinimizda tutgan o‘rni shunchalik balandki aqlga sig‘maydi. Tasavvur qilib ko‘ring ayol bu onadir.     

Alloh taolo Isro surasining 23 oyatida marhamat qiladi:“Robbingiz Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota – onaga yaxshilik qilishni amr etdi”. Bandani Allohga muomilasi ibodat bilandir. Ota-onasiga muomilasi ularga yaxshilik qilish bilandir. Allohni haqqi unga ibodat qilishimiz bo‘lsa Ota-onani haqqi unga yaxshilik qilishimizdir. Oyati karimada  Alloh taolo o‘z haqqidan so‘ng ota-onani haqqini keltiryapti. Ota-onaga yaxshi muomilada bo‘lish Alloh taolaga ibodat qilishdan keyingi ulug‘ amallardan biri ekan.

Yoshligimizdan bir hadisni o‘qiganmiz, yod olganmiz. Imom Buxoriy, Imom Muslim Abu Hurayrodan hadis  rivoyat qilishadi: Bir kishi Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib :Insonlarning qaysi biri mening chiroyli muomilaga haqliroqdir? dedi. Payg‘ambarimiz s.a.v.:“Onang”, dedilar. Keyin kim haqli? Payg‘ambarimiz s.a.v.:“Onang”, dedilar. Keyin kim haqli?  Payg‘ambarimiz s.a.v.:“Onang”, dedilar. Keyin kim haqli? Payg‘ambarimiz s.a.v.:“Otang”, dedilar. Islom onaga chiroyli muomilada, chiroyli ehtiromda bo‘lishga chaqiradi.                                            

Abdulloh ibn Umar rivoyat qilgan hadisda: Bir kishi Rasululloh sallolohu alayhi vasallamning huzuriga kelib, ey Allohning elchisi katta gunoh  qilib quydim men uchun tavba bormi? Payg‘ambarimiz s.a.v. onang bormi dedilar? Yo‘q, dedi. Payg‘ambarimiz xolang bormi dedilar? ha, dedi. Payg‘ambarimiz s.a.v. unda unga yaxshilik qil dedilar. Mana Islomda ayolni qadri! Onaning qadri qanchalar ulug‘! Ibodatlar  namoz, ro‘za, zakot, haj gunohlarga kafforat. Onaga yaxshilik qilish ham ibodat sanaladi va gunohlarni kechirilishiga sabab  bo‘ladi.

 O.Nazarov - Pastdarg‘om tuman imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 18/09/2020 16:20;   Ko‘rilganligi: 980
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/islomda-ayollarga-munosabat
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 23:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing