O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Islom - zo‘rovonlikka qarshi

 
 

Alloh taolo insonni yaratar ekan, O‘ziga ibodat qilish barobarida yer yuzini odob qilish vazifasini topshirgan. Islom ta'limotidagi asosiy da'vat - insonlarni tinchlik va xotirjamlikka chaqirish, yer yuzida osoyishta hayot o‘rnatish, kishilarni bir-biriga mehr – muruvvatli bo‘lishga, dini, millati, irqidan qat'iy nazar o‘zaro bag‘ri kenglikka chorlaydi.

Alloh taolo Qur'oni Karimning “Baqara” surasi, 208-oyatida shunday marhamat qiladi:

         “Ey, iymon keltirganlar! Islomga to‘lig‘icha kiring. Va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq dushmandir”.

         Ushbu oyatda “Islomga to‘lig‘icha kiringdeb da'vat etilmoqda. Ma'lumki, Islomning ma'nolaridan biri tinchlikdir. Demak, tinchlikka yoppasiga kirishish - barcha insonlar hamfikr holda tinchlik yo‘lini tutishlari lozimligi, boshqa jihatdan esa, tinchlikni barqarorlashtirish uchun hamma choralar qo‘llanishi zarurligi ma'lum bo‘ladi. Tinchlik ishiga kirmaslik shaytonning izidan ergashishdir.

         Bugungi kunda o‘zlariga har – xil nomlarni qo‘yib olib, Islomga zid bo‘lgan aqidaparast oqimlarning qilayotgan jinoyatlari, zo‘rovonliklari mutlaqo Islom ta'limotiga ziddir. O‘zlariga qanday nomlarni qo‘ymasin, nimalarni da'vo qilmasin notinchlik va zo‘rovonlik tarafdori ekan, ular shaytonning izidan ergashganlardir.

         Ba'zan jamiyatimizda zo‘ravonlik, o‘zgalar molini nohaq yo‘llar bilan o‘zlashtirish, firibgarlik, o‘z joniga qasd qilish, hatto odam o‘ldirish kabi jinoyatlar sodir etilmoqda. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Musulmon kishiga boshqa musulmonning qoni, moli va obro‘sini to‘kish haromdir” deya marhamat qildganlar. Musulmon kishi ushbu hadisi sharifdan kelib chiqib, o‘zgalarga astoydil yaxshilik qilishga intilishi zarur. Chunki, yaxshilik yo‘lida qo‘yilgan har – bir qadam uchun ulug‘ ajrlar bor. Ota – bobolarimiz dinu-diyonat, odobu–axloq, or-nomus, halolu-poklik kabi ishlarda dunyoga ustozlik qilishgan.

         Bugungi kunda insonlarning moliga, joniga va obro‘siga tajovuz qilayotganlar nafaqat amaldagi qonunchiligimiz balki, sof Islom dinimiz, o‘tgan buyuk ajdodlarimizga nisbatan xiyonat qilmoqda.

         Jamiyatimizda uchrayotgan har qanday jinoyat va zo‘ravonliklarga qarshi birgalikda kurashmog‘imiz lozim.

Anvar NAZAROV - Kattaqo‘rg‘on shahar “Muhammad Naqibbek” jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 15/11/2019 14:25;   Ko‘rilganligi: 2479
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/islom-zorovonlikka-qarshi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 03:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing