O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Islom dinida bag‘rikenglik g‘oyalari

 
 

Islom dinining tinchlik va osoyishtalikka bo‘lgan e'tibori yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda, bag‘­ri kenglik uning negizi hisoblanadi. «Bag‘rikenglik» tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, so­siologiya, falsafa, ilohiyot, ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslik kabi fanlar doirasida keng istifoda etiladi. Lotincha «tolerare», ya'ni «chidamoq», «sabr qilmoq» ma'nosini anglatgan bu so‘z, asosan biror narsani, o‘zgacha fikr yoki qarashni, o‘z shaxsiy tushunchalaridan qat'iy nazar, imkon qadar bag‘rikenglik va chidam bilan kabul qilishni anglatadi. Xususan, ushbu tushuncha deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi ma'no kasb etib, «chidamlilik», «bardoshlilik», «toqatlilik», «o‘zgacha qarashlar va harakatlarga xurmat bilan munosabatda bo‘lish», muruvvatlilik», «himmatlilik», «kechirimlilik», «mehribonlik», «hamdardlik» kabi ma'nolarga ega.

Taraqqiyotning asosiy omillaridan biri bo‘lgan bag‘rikenglik borasida 1995 yil 16 noyabrda BMT tizimida fan, ta'lim va madaniyat sohasida ixtisoslashgan tashkilot (YUNYESKO) Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida «Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» qabul qilindi. Deklaratsiyada  irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qat'iy nazar, bag‘rikenglikni targ‘ib etish, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bi­lan qarash kabi majburiyatlar belgilab qo‘yilgan.

Diniy bag‘rikenglik turli din vakillari e'tiqodidagi mavjud aqidaviy farqlardan qat'iy nazar ularning yonmayon, o‘zaro tinch totuv yashashi hamda har bir diniy ta'limotga hurmat bilan qarashni anglatadi. Har kim o‘z e'tiqodiga amal qilishda erkin bo‘lgani holda, bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini e'tirof etmoq lozim.

«Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»da ta'kidlanganidek, «bag‘­rikenglik bo‘lmasa tinchlik bo‘lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot bo‘lmaydi. (davomi bor)

 O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 07/07/2020 16:35;   Ko‘rilganligi: 1135
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/islom-dinida-bagrikenglik-goyalari
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 21:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing