O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Imom-xatibning vazifasi faqat janoza va nikoh o‘qib berishdan iborat emas

 
 

Aslida xato yo‘ldan borayotganlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish imom-xatibning eng birinchi vazifasi. Masalan, bir kishi ko‘p qiyinchilik ko‘rgan ekan, saratonga chalinib qolgani bois hayotdan to‘yganini hech narsa ko‘ziga ko‘rinmasdan o‘zini o‘zi osib qo‘ymoqchi bo‘lganini imom-xatibga aytibdi. Bu ishga loqayd va beparvo qaramagan imom domla unga hayot ulug‘ ne'mat ekani, Alloh bergan in'omning qadriga yetish zarurligi haqida gapiribdi. Bemorligiga sabr qilishi borasida bir qancha shar'iy va hayotiy misollar asosida nasihat qilibdi va suhbat so‘ngida unga Zam-zam suvi tortiq etibdi. O‘rnida qilingan nasihat va tabarruk suvning foydasi bilinib, u kishi darrov hayotga boshqacha ko‘z bilan qaray boshlabdi. Bu mudhish ishni aslo qilmaslik kerakligi to‘g‘risida xulosa chiqarib olibdi.

Agar mahallada birorta bola zararli diniy oqimga kirib qolgan bo‘lsa, uni noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarishga harakat qilish kerak. Yo‘ldan adashgan bolani darrov dushmanga chiqarmasdan, uni o‘zimizning farzandimiz, yuragimiz bilan achinayotganimizni shu bola bilishi kerak. Zora, shunda ularning ham qalb ko‘zi ochilsa, to‘g‘ri yo‘lga qadam qo‘ysa. Biz esa, afsuski, ulardan o‘zimizni olib qochamiz. To‘yga chaqirmaymiz, marosimga chaqirmaymiz. U falonchining onasi yoki o‘g‘li, deb ularning nafratini battar avj oldiramiz. Adashgan odamlarni ashaddiy dushmanga aylantiramiz. Natijada nima bo‘ladi? Kulfat kamayish o‘rniga ko‘payadi.

Bahodir SHARIPOV - Samarqand tuman bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 25/11/2019 12:17;   Ko‘rilganligi: 1028
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/imom-xatibning-vazifasi-faqat-janoza-va-nikoh-oqib-berishdan-iborat-emas
Chop etilgan vaqti: 16/04/2024 23:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing