O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Imom Buxoriyga berilgan ikki fazilat

 
 

Albatta so‘zning eng to‘g‘risi Alloh taoloning so‘zidir, hidoyatning eng yaxshisi Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hidoyatidir.

Ma'lumki, biz islom ummatiga Allohning fazlu-marhamatidan biri, Islom arkonlarini o‘zida mujassam etgan Qur'oni karimni saqlashni “Albatta, bu zikrni (ya'ni Qur'onni) Biz O‘zimiz nozil qildik va uni O‘zimiz asraguvchidirmiz[1] degan so‘zi bilan O‘z zimmasiga olganidir.

Dinimizda “Sunnati Nabaviyya” Qur'oni karimdan keyingi ikkinchi vahiy deb e'tibor qilinadi. Buni Mustafo sollallohu alayhi vasallamning shu o‘rinda: “Bilib qo‘yinglarki, menga Kitob bilan birga uning misli ham berildi[2], deb aytgan so‘zlari tasdiqlaydi.Demak,“Sunnati Nabaviyya”ni saqlashham Alloh taoloning bandalarga joriy qilgan hukmlarni avaylab-asrash bilan barobardir. Zero Alloh taolo uni asrashni bandalarga topshirishi U Zotning ularga qilgan ulug‘ minnatidir. Shu sababli Alloh taolo bu mas'uliyatli ishni ma'lum bir kishilarga topshirdi.Bu buyuk insonlarbuzg‘unchilarning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarini o‘ziniki qilib olishidan hamdaxiyonatkorva johillarning uni buzib ta'vil qilishidan saqladilar. Bu yo‘lda o‘zlariga mashaqqatli vazifani yuklab olib, sahih hadislarni to‘plash maqsadida bir necha mil[3]ni bosib o‘tdilar.

Darhaqiqat, Alloh taolo Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini o‘zgarishdan va halokatdan saqlashni topshirgan o‘sha buyuk insonlarning eng boshchisi va hadis ilmida mo‘minlarning amiri Muhammad ibn Ismoil Buxoriy hazratlaridir. Zero Imom Buxoriy molining eng sarasini Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarinito‘plash yo‘lida sarf qildilar. U kishining sermahsul ijodlari natijasida bu olam o‘zida juda nafis durdonalarni jamlagan “al-Jame' as-Sahih” (Sahihlar to‘plami) degan kitobga guvoh bo‘ldi.

Alloh taolo Imom Buxoriyga bir vaqtning o‘zida ikkita fazilatni  jamlab, u kishini ulug‘lab qo‘ydi. Birinchisi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini rivoyat qilib, uni kelajak avlodga yetkazish fazilati. Bunga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Bizdan biron bir narsani eshitib so‘ng uni boshqalarga eshitganidek yetkazgan kishinig yuzini Alloh yorug‘ qilsin. Ba'zan yetkazilgan kishi eshituvchidan ko‘ra yodida saqlaguvchiroq bo‘ladi[4], deb aytgan so‘zlari yorqin dalildir. Shubhasiz, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning duolariga musharraf bo‘lgan insonlar qatoriga Imom Buxoriyni ham keltirish o‘rinlidir. Chunkiukishi hadislarni yod olib, omonatdorlik bilan keklajak avlodga yetkazdilar.Bu u kishi uchun juda katta fazilatdir.

Ikkinchisi, din ahkomlarini va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarinitushunish fazilati. Shu o‘rinda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Alloh bir kishiga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih (bilimdon) qilib qo‘yadi”[5], degan so‘zlari o‘z isbotini topadi.

Binobarin Imom Buxoriyning ijtihodlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan chiqarib olinadigan fiqhiy foydalardan ko‘pinio‘z ichiga qamrab oladi. Bunga misol qilib o‘zining asarlaridagi boblarning sarlavhalarida ham ko‘pgina foydalarni joylashtirganini keltirib o‘tish mumkin. Bundan ma'lum bo‘ladiki, u kishi fiqh ilmida ham teran bilimdon ekanligi ko‘rinadi. Bu esa Imom Buxoriyning fiqh ilmida va hukmlarni chiqarib olishda mustaqqil yakka holatda ijtihod qilganiga hujjat bo‘ladi. Albatta bu borada o‘zidan oldin o‘tgan Imom Molik, Ahmad ibn Hanbal, Sufyon Savriy va Avzo'iy kabi mujtahid imomlarning ijtihodlaridagi tutgan metodi va uslublaridan foyda olgan. Qolaversa, o‘zidan oldin yashab o‘tgan mashhur imomlarning tasnif qilgan kitoblari ustida qattiq shug‘ullangan va ularni to‘liq yodlab, egallab olgan.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, Imom Buxoriy o‘zidan keyingi avlod uchun yaxshi o‘rnak bo‘lib, himmatlarining ulug‘ligi va mehnatlarining samarasi bilan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarini chalkashlik va o‘zgarib ketishdan saqladilar. Bu yo‘lda muhaddis o‘ziga xos uslublarni yaratib, yigirmadan ortiq kitobyozib qoldirdi.

                                                                                   

Otabek BAHRIYEV,

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot bo‘limi

ilmiy xodimi

 

[1]Hijr, 15/9.

[2]Sunanu Abu Dovud. Sunnat kitobi. “Sunnatni lozim tutish” bobi. 4064-hadis.

[3]Bir mil –farsaxning uchdan biriga yoki 1920 metrga teng.

[4]Sunanut Termiziy. “Ilm boblari” bobi. 2657h.

[5]Sahihu Muslim. Kitabul kusuf. 2657h.


Kiritilgan vaqti: 04/07/2020 12:02;   Ko‘rilganligi: 1135
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/imom-buxoriyga-berilgan-ikki-fazilat
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 13:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing