O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

“Ekstremistik g‘oyalarni inkor qilishda shar'iy dalillar” (uchinchi qism)

 
 

Musulmonlarning musulmon bo‘lmaganlar bilan hamjihat bo‘lib yashashida nabaviy sunnatning tutgan o‘rni

Islom jamiyati har ikki diyonat vakillari orasida, ularni diniy va etnik ziddiyatlaridan qat'i nazar, o‘zaro tenglik va e'iqod erkinligi bo‘lmish mustahkam asosni barpo qildi. Jamiyat azolari orasida zarur bo‘ladigan umummanfaat va mushtarak maqsadlarni joriy qildi.

    Bularga amaliy misol qilib  Rasululoh sollalohu alayhi vasallamning, hatto  g‘ayridin bo‘lsa-da, qushnini hurmat qilish  va ularga yaxshilik ulashishga qaratilgan ko‘rsatmalarini keltirish mumkin.

 Mazkur amaliy dastur quyidagi davr bosqichlariga bo‘linadi;

  1. Makkai Mukarrama davridagi amaliyot.

Bu vaqtdagi vaziyatda oz sonli musulmonlarni sabr-bardosh bilan hamjihatlikda yashash davri bo‘ldi.

  1. Musulmolarni Habashiston diyorida (Efiopiya) muhojirlikda yashagan  davri.

Bu vaqtda yerlik aholi va muhojir sahobalar  o‘zaro sadoqat va hamkorlikda yashadilar.

  1. Madina hayotni dastlabki davri.

 Bu vaqtga kelib yangi shakillangan islom jamiyatida   barcha jabhalarda shaffoflik va faol hamkorlik davri boshlandi.

  1.  Madina hayotini keyingi davri.

 Bu vaqtga kelib jamiyatda to‘laqonli islohotlar va ijtimoiy adolat o‘rnatish davri boshlandi. 

 

1. Makkai mukarrama amaliyoti davri   

Avvalo  Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning payg‘ambarlikdan avalgi hayotlarini ham sinchiklab o‘rgansak, o‘sha payt Quraysh mushriklari boshqaruvida bo‘lgan Makka shahri Islom dini da'vatining beshigi bo‘lganiga guvohi bo‘lamiz. O‘sha paytdagi mavjud mafkuraviy va ijtimoiy vaziyatda odamlar orasida butparastlik va ichkilikbozlik  keng tarqalgan, qabilalar orasida  zo‘ravonlik, axloqsizlik illatlari urchigan bir payt edi. Boz ustiga u vaqt me'yorlariga binoan kuchlilar jamiyatdagi zaif tabaqalar ustidan to‘laqonli hukumron bo‘lib, ularni moliyaviy haqlariga ham tajovuz qilar, xujayinlar qo‘li ostidagi qul va cho‘rilariga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lib, ularni insoniy huquqlaridan ham mahrum qilar edi.

Arab o‘zini ajamdan ortiq deb bilgan, oq tanli qora tanlidan ustun ko‘rilgan vaziyat edi. Shuning uchun ham mazkur sharoitda - Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zotning izdoshlari hayoti payg‘ambarlikdan oldin va keyin,  qanday bo‘lgan edi? – degan haqli savol paydo bo‘ladi. 

 1. Rasululoh sallalohu alayhi vasallam risolatdan avval ham qavmi bilan ijtimoiy faol va do‘stona tarzda yashar edilar. Ezgulik va yaxshiliklarda ular bilan hamkorlik qilar, bag‘rikenglik tamoyillarini joriy qilardilar.

Bu oliy haqiqatni u zotning ayollari Xadicha onamiz ham ta'kidlaganlar.

Rasululoh sallalohu alayhi vasallam o‘zlariga nimadir bo‘layotgani va vahiy nozil bo‘layotganini u zotga aytganlarida Xadicha onamiz: – Yo‘q, yo‘q! Bu bashorat. Allohga qasamki Alloh sizni zinhor mahzun qilmas. Qasamki siz silai rahm qilasiz, rostgo‘y aminsiz, odamlarni og‘irini ko‘tarasiz, yo‘qsillarga yordam berasiz hamda zaiflarni himoya qilib adolatlilarni quvvatlaysiz, – dedilar.   

2. Payg‘ambar sallalohu alayhi vasallamga hali risolat kelmay turib jiyanlari Ali roziyallohu anhuni tarbiya qilib berish uchun o‘z qaramog‘iga  oldilar. Bu ish sayidimiz Ali roziyallohu anhu uchun ulkan ne'mat ekanida shubha yo‘qdir. U  paytda Makka shahrida iqtisodiy tanglik joriy bo‘lib, Abu Tolibning oilasi ham qiynalib qolgan edi. Shunda Rasululoh sallalohu alayhi vasallam amakisi Abbosga – Ey Abbos vaziyat qanchalar tangligini bilib turibsiz. Bilaszki birodaringiz abu Tolibni oilasi katta. Unga yordam berish uchun oilasidan bir kishini siz oling, bir kishini esa tarbiya qilib berish maqsadida men olaman- dedilar. Ikkiavlon abu Tolibga ushbu taklifni bildirgach abu Tolib rozi bo‘ldi. Abbos jiyani Ja'farni, Rasululoh sallalohu alayhi vasallam esa Aliy r.a.ni o‘z qarkamog‘iga oldilar.  

3. Rasululoh sallalohu alayhi vasallam qavmi bilan risolatdan oldin qanday yashagan bo‘lsalar, vahiy boshlangaidan keyin ham shunday yashadilar. U zotning da'vatlarini eshitib iymonga kelgan dastlabki sahobalar avlodi ham ungacha qilib yurgan ishlarni tark qilmadi. Ular uzaro joriy bo‘lgan savdolarni ham sayru sayohatlarini ham avvalgidek davom etirdilar.

4. Rasululoh sallalohu alayhi vasallam ning o‘zlari ham kabadan chetlanmadilar. Balki u yerga borishda davom etar, risolatdan avval ham keyin ham kabai muazzamada yolg‘iz Alloh Ta'ologa sig‘inar edilar. U yerdagi mavjud shirk Rasululoh sallalohu alayhi vasallamni Ka'baga bog‘lanishdan to‘smas edi.

5. Islomning dastlabki Makka davridagi bosqichida  musulmonlarga nisbatan tajovvuzlar ko‘payib ketishiga qaramasdan, ular boshqalar bilan o‘zaro tinch-totuv yashash konsepsiyasini go‘zal ifodasini kursattilar . Holbuki u vaqtta oz sonli sahobalar Quraysh mushriklari tomonidan turli aziyatlarga duch kelayotgan edi. Rasululoh sallalohu alayhi vasallam ularni, toki Alloh Ta'ol bir najot yo‘lini ko‘rsatmagunicha sabr va matonatli bo‘lishga chaqirar edilar.        

6. Rasululoh sallalohu alayhi vasallam risolatdan avval ham quraysh qabilalari bilan birga sulh bitmlarida ishtirok etar, mazlumlarga ko‘mak berishda ahdlashar edilar. Kunlarning birida barcha Qurayish qabila raislari Abdulloh ibni Jad'onninng hovlisida bir kengashga yig‘ildilar. Chunki uning yoshi katta va qavmining nufuzli odami edi. U yerga Banu Hoshim, Banu, Muttolib, Asad ibni Abdul Uzza, Zuhrat ibni Kilob, Tayyim ibni Muroh kabi qabila raislari yig‘ildilar. Yig‘ilganlarning barchasi Makka shahrida birorta mazlum odam bo‘lmasligi, agar bo‘lsa ham hammalari uni himoya qilishi, uni toptalgan huquqini qaytarib berishi  bitimini imzoladilar. 

Rasululoh sallalohu alayhi vasallam mazku bitim haqida shunday deydilar; “Abduloh ibni Jad'onni hovlisidagi kengashda ishirok ettim. U bitim men uchun qizil tuyadan-da suyukli bo‘ldi. Agar Islomda ham shunga chaqirilsam qabul qilar edim”

2. Habashiston diyoridagi muhojirlik  davri

Rasululoh sallalohu alayhi vasallamni o‘zgalar bilan o‘zaro daxldorlik va hamjihatlikda  yashash borasidagi ikkinchi amaliy ko‘rsatmalariga, mazkur davr ochiq misol bo‘ladi. Zero bu ish Rasululoh sallalohu alayhi vasallam dan avval o‘tgan juda ko‘p payg‘ambarlarni sunnatlariga tadbiyqan amalga oshirilgan edi. Qur'oni Karim Rasululoh sallalohu alayhi vasallamga bir qancha sobiq payg‘ambarlar hayotini qissalab, ularga mushrik va kofirlar tomonidan yetayotgan tazyiq va tajovuzlaradan najot topishida mazkur ishni munosib vosita o‘laroq bayon qildi. O‘sha paytda Habashiston diyori, aslo zavol topmaydigan barcha ezgulik  da'vatchilari, zulm iskanjasida qolib unga yuzlangan har bir muhojir uchun chinakam himoya va adolat timsoli bo‘ldi.  Rasululoh sallalohu alayhi vasallam shuning uchun ham sahobai kiromlarni u yerga hijrat qilishga undadilar va izn berdilar. Mazkur hijrat Islomdagi  dastlabki hijrat bo‘lib, shu yo‘l bilan  din va iymon himoyasi maqsad qilingan. Ular 11 erkak va 14 ayol kishidan iborat  bo‘lib, dengiz yo‘li orqali habash diyoriga yetib oldilar. Bu voqea risolatning 5-yili, rajab oyida amalga oshirildi.

Habash hukmdori Najoshiy musulmonlarni do‘stona kutib oldi. Ularni din va etiqod erkinliklarini kafolatlab, jamiyatda xavfsiz yashashlarini taminladi.

Bu borada abu Umayyaning qizi Ummu Salamadan quyidagi hadis vorid bo‘ldi:

“Rasululoh sallalohu alayhi vasallamning as'hoblariga  kofirlar tomonidan aziyatlar yetib, ularga  Makka shahri torlik qila boshladi. Ular dinida fitna va balolarga uchradilar. Rasululoh sallalohu alayhi vasallam garchi amaki va qabilasi tomonidan himoyada bo‘lsalar-da as'hoblaridan tazyiqlarni daf qilolmas edilar. Shunda Rasululoh sallalohu alayhi vasallam as'hoblariga” “Habash hukmdori adolatli bo‘lib, uning huzurida hech kimga zulm qilinmaydi. Alloh Taolo sizlarga biror najot yo‘lini ko‘rsatgunga qadar u yerga boring va usha yerda yashab turinglar”, degan ko‘rsatmani berdilar. Biz kichik guruhlarga bo‘linib u yerga yo‘l oldik va barchamiz u yerda yig‘ildik. Yaxshi yer va yaxshi qo‘shniga erishdik. Barcha zulmlardan najot topib, dinimizda xotirjam bo‘ldik”.

 Payg‘ambar Rasululoh sallalohu alayhi vasallam bilan hukmdor Najoshiy o‘rtalarida yozishmalar bo‘lib o‘tdi. Sahobalardan Amr ibni Zomiriy Rasulullohning muborak maktublarini Najoshiyga yetkazganida u maktubni ko‘ziga surtdi, taxtdan yerga tushib o‘tirdi-da sahobalar ko‘z o‘ngida Islomni qabul qildi. Rasululoh sallalohu alayhi vasallamning maktublariga javob yozib hadyalar bilan junatdi. Hukmdor Najoshiy vafot etganida Rasululoh sallalohu alayhi vasallam uning haqiga g‘oib janoza namozini o‘qidilar.

 Ja'far ibni Abu Tolib bilan Najoshiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat ilmiy manbalarda keng yoritilgan. Ushbu suhbat barcha zamon va  makonlardagi  musulmonlar uchun, ularni yaxshi ko‘rib o‘ziga yaqin olgan g‘ayridinlar bilan qanday muomalada bo‘lish va ularga qanday madaniyat ko‘rsatish borasida ta'lim va dasturdir.

 Ha, bugungi ayrim mutaasib musulmonlarning ayni masalada tutgan yo‘li butunlay unga xilofdir. Bugungi kunimizda ular g‘ayridin jamiyatlarga borib u yer aholisi va hukumatlaridan himoya topib tinch osuda yashayaptilar. Ammo, ayrimlari Islom va musulmonlarga nisbatan  yerlik aholining nafrat va adovatini qo‘zg‘atmoqda.

 Ma'lum bo‘lishicha, Najoshiy huzurida yashab turgan musulmonlar uning dushmanlariga qarshi urushlarda ishtirok etar edilar. Saraxsiyning “Mabsut” kitobida (10 j. 166 s) shunday deyiladi:

 “Agar musulmonlardan bir jamoat dorul harbda (shar'iy hukmlar joriy  bo‘lmagan jamiyat)  yashasa, u yerga boshqa bir qavm urush boshlasa, ular bilan birga yashayotgan musulmonlar ana shu hamjamiyatlariga qo‘shilib urush boshlagan qavmga qarshi kurashmog‘i halol emas. Chunki urush jonni xatarga qo‘yishdir. Bu ish faqat Alloh Taoloni nomi va dinini yuksaltirish uchungina joizdir. Bu urushda esa mazkur ma'no ko‘rinmaydi. Bil'aks, bu urush ahli shirklarni quvvatlamoq bo‘lur. Chunki bu dorul harbda yashayotgan musulmonlar ustidan ahli shirkning hukmi g‘olibdur. Ammo u yerda yashayotgan  mo‘minlar urushda qatnashmasalar, mamlakat egalari tomonidan ularni diniga , joniga va molu-mulkiga xatarlar yuzlansa, ushbu xatarlarni o‘zlaridan daf qilish va mo‘min birodarlarining himoyasi uchun yerliklar bilan birlashib ularning dushmanlariga qarshi kurashmoq halol bo‘lur. Ya'ni bu urush shirkni quvvatlamoq uchun emas, musulmonlardan zararni daf qilish uchun bo‘lur” 

Mazkur masalada asososiy dalil  Ja'farning hadisi hisoblanadi. Chunki u Najoshiy bilan birga uning dushmanlariga qarshi kurashdi. Ja'far roziyallohu anhu bu ishni o‘zi va hamrohlariga xavf-xatar yetmasligi uchun qilgan edi. Chunki u boshchiligida habash yeriga kelgan musulmonlar Najoshiyning qo‘llab-quvvatlashi bilan xavfsiz yashayotgan edilar. Bundan ma'lum bo‘lishicha bu kabi ish tutish shar'an joizdir.

Vaqt o‘tib janobi Rasululoh sallalohu alayhi vasallam Madinai Munavvaraga hijrat qilganlarida ham, ayrim sahobalar Habashistonda qolishni istadilar. Zero dastlabki muhojirlar Rasululoh sallalohu alayhi vasallamning ko‘rsatmalari bilan u yerga kelganlarida Najoshiy tomoni ularni qo‘llab quvvatlagan , ular esa Qurayshliklar zulmidan butunlay xalos bo‘lgan edi. Rasululoh sallalohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida, Habashistondagi muhojirlardan 40 kishi u yerga qaytib keldi. Ma'lumotlarda ko‘rsatilishicha, 50 yoki 60ga yaqin  odam   Habashiston yerida  yashab  qoldi.  

Habashiston muhojirligi davri voqeasi orqali Rasululoh sallalohu alayhi vasallamning sahobalari g‘ayridinlar jamiyatida bo‘lsa-da, ular  bilan tinch-totuv yashash borasida ummatga chinakam namuna bo‘ldilar. Chuni biz bu ish orqali barcha zamon va makonlarda ham Rasululoh sollallohu alayhi vasallamning muborak sunnatlarini mahkam ushlash malakasini o‘rgandik. Hamda, kishilik jamiyatida inson hayotini har tomonlama yengillashtirish, boshqa birodarlari bilan tinchlik va o‘zaro ishonchda yashashning amaliy ifodasini ko‘rdik. Mazkur usul musulmonlarni, yashab turgan jamiyatidan ajralmay, hatto  zarur bo‘lsa   birlashib uning bir qismiga aylanishga, garchi ular g‘ayridin bo‘lsalar-da o‘zaro madaniy aloqalar bog‘lashga, undaydigan kuchli dalildir.

(Davomi bor)

“Ekstremistik g‘oyalarni  inkor qilishda shar'iy dalillar” kitobidan.     

Tarjimon: Tohir Vahidov.


Kiritilgan vaqti: 15/09/2020 16:32;   Ko‘rilganligi: 803
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ekstremistik-goyalarni-inkor-qilishda-shariy-dalillar-uchinchi-qism
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 10:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing