O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

“Ekstremistik g‘oyalarni inkor qilishda shar'iy dalillar” (to‘rtinchi qism)

 
 

III. Madina hayotining dastlabki davri

Ushbu  davr yangi islom jamiyatini  barpo qilishning dastlabki davri hisoblanadi. Ma'lumki, mahalliy aholi bo‘lgan ansor  sahobalar bilan  Madinadan kelgan muhojirlar orasida ziddiyatlar ham bo‘lib turgan. Makkalik muhojir qabilalar orasida ham tortishuv va nizolar sodir bo‘lar edi.  Madinalik hukmron qabilalardan hisoblangan Avs va Xazraj qabilalari orasidagi ziddiyatlar uzoq o‘tmishga taqalar edi.  Shuning uchun ham yangi islom jamiyati a'zolari bo‘lmish ansor va muhojir sahobalarni o‘zaro do‘stlik va hamjixatlik ruhida birlashtirish zaruriyati tug‘ildi. Buning ustiga kun tartibida aholining ma'lum  qismini tashkil qiladigan  Madina yahudiylari masalasi ham mavjud bo‘lib,  ularni ham o‘z diniy e'tiqodlari, boshqaruv tizimi, qal'a va qurol-aslahalari yetarli bo‘lgan. Madinaning ichi va tashqarisida esa ekin yerlari va savdo ishlari ham bor edi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelib islom jamiyatini qura boshlaganlarida mazmun-mohiyatan ularga muxolif bo‘lgan yangi jamoa paydo bo‘ldi. Ular munofiqlar jamoasi bo‘lib, zohiran iymon  islomni da'vo qilar, amalda esa iymon keltirmas, musulmonlarga nisbatan nafrat va adovatini yashirar edi. 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni u yerda dastlabki amalga oshirgan ishlari masjid barpo qilish bo‘lib, bu ishga barcha sahobalarni  targ‘ib qildilar. Shu orqali turli etnik guruhlarga bo‘linib ketgan arab qabilalarini birlashtirdlar. Ha! Shu orqali ular orasida do‘stlik, birlik, va ittifoqlik shakllanadi, qurilajak masjidi nabaviya esa ular orasidagi muammo va hukmlar  mahkamasi, diniy axloq va ta'lim tarbiya asosini o‘rganadigan bilimlar maskani bo‘lib qoladi. Ansor va muhojir sahobalarning barchasi o‘zaro ziddiyatlariga barham  berib ayni shu yerda  sharaf payg‘ambari va yetuk rahbari atrofida jamlanadilar, ibodatlarini ham u zot boshchiliklarida ado etadilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madina hayotining dastlabki davri dasturida amalga oshirgan ishlari orqali yuridik nuqtai nazardan Madina dasturiga (konstitutsiyasi) asos soldilar. Bu narsa bugungi kun ta'birida diniy, irqiy, mazhabiy yoki boshqa har qanday e'tibordan qat'i nazar majburiyat va huquqlar tengligiga asoslangan fuqarolik kodeksi edi. Bu yerda asosiy  e'tibor insoniylik va fuqarolikdir.  

Rasululloh sallohu alayhi va sallam Madinaga kelib ilk islom jamiyatini qurgan paytlarida u yerda turli dinga e'tiqod qiluvchilar va qabilalar  mavjud mavjud bo‘lgan. 

Ular yangi joriy bo‘lgan Islom dini vakillari, yahudiylik, nasroniylik va yangi yo‘nalish bo‘lgan munofiqlardir. Masalani qiziq tomoni vaqt o‘tishligi bilan  nasroniylarning ko‘pchiligi Islom diniga o‘tdilar. 

Madinalik qabilalar orasida Avs va Xazraj qabilalarini siyosiy nufuzi katta edi. Mana shu kabi etnik ziddiyatlar va o‘ta urushqoq arab qabilalari orasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madina dasturi (nabaviy sunnat) orqali fuqarolik davlatini dastlabki  konstitutsiyasiga asos soldilar. Dastur bandlarida yangi islom davlati hususiyatlarini chegaralab berdilar. Unga ko‘ra fuqarolar din, irq va jins nuqtai nazaridan ajratilmaydi (kamsitilmaydi).    

Ushbu dastur - fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ko‘mak berish, ezgulikka undash va hamkorlik qilish, yomon illatlardan saqlanishga qaratilgan edi.

Mazkur dastur o‘z navbatida, islom davlatining  hududiy yaxlitligini himoya qilishga barchani mas'ul etib belgiladi. Jamiyat a'zolari orasida tenglik, ijtimoiy  adolat va tinch-totuv yashash prinsiplarini mustahkamladi.  Ushbu dastur hech bir istisnosiz jamiyatning barcha fuqarolari haq-huquqlarini e'tirof qiladigan, umumbashariyat tarihi davomida ilk bora  yozilgan dastlabki yozma dastur hisoblanadi.
 

Unga ko‘ra fuqarolarning barchasi siyosiy nizomda tengdirlar. Ular davlatni munosib himoya qilish majburiyatini bajargani holda o‘zlari ham davlat himoyasida bo‘ladilar. Madina aholisining barchasi  mazkur dastur bandlarida, ijtimoiy adolat va tenglik tamoyillarini ko‘rgach Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni sunnatlariga,  ya'ni mazkur dasturga rozi buldilar.

Mazkur dasturga binoan har qanday inson shahardan ko‘chib ketishi yoki u yerda yashash huquqiga ega bo‘lib, boshqalar foydalanadigan huquq va imtiyozlardan to‘laqonli foydalanadi. Ayni paytta boshqalarga yuklatilgan majburiyatga u ham mas'uldir. Jamiyatga ta'luqli  bo‘lgan ishlarga u ham daxldor, unga taalluqli bo‘lgan ishlar jamiyatga ham daxldordir. U odam hech bir holatda biror zarar yoki xavf-xatar  ko‘rishi mumkin emas. Ushbu dastur eng ko‘p e'tibor qaratgan mavzulardan biri, jamiyat a'zolari orasida to‘laqonli adolat o‘rnatish tamoyili edi. Ayniqsa, mazkur jarayonlar barcha fuqarolarni diniy marosim va ibodatlarini  emin-erkin o‘tkazishda, ularni huquq va majburiyatlarining muvofiqligi, izchilligi ta'minlanishida, mol-mulk, va izzat-nafs hamda etiqod erkinligi kafolatlanishida yorqin namoyon bo‘lar edi.

(Davomi bor)
 

“Ekstremistik g‘oyalarni  inkor qilishda shar'iy dalillar” kitobidan.
 

Tarjimon: Tohir Vohidov.


Kiritilgan vaqti: 17/09/2020 14:08;   Ko‘rilganligi: 828
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ekstremistik-goyalarni-inkor-qilishda-shariy-dalillar-tortinchi-qism
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 14:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing