O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Dangasalikning zararlari

 
 

Shubhasiz dangasalik va g‘ayratsizlik kishining diniga ham, dunyosiga ham foyda bermaydi. Uning kishi uchun dini va dunyosiga ko‘plab zararlari bor. Zotan xalq orasida na oilasiga va na o‘zgalarga foydasi tegadigan kishiga nisbatan e'tibor berilmaydi, u bilan do‘stlashilmaydi. Buning haqiqat ekaniga shubha qilmaymiz.

Dangasalikning zararlari:

  1. Ko‘plab savoblardan bebahra bo‘lish. Hayotda dangasa, behafsala kishi nafaqat dunyosi uchun balki oxirat uchun qilinadigan savobli ishlarni bajarishda ham sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Misol uchun namozni o‘z vaqtida ado qilmasdan hali o‘qiyman yoki hali vaqtim borku diya, o‘z vaqtidan qoldiradi yoki umuman o‘qimaydi. Kishining bu sifati faqatgina farzni bajarsam bo‘ldi deya, vojib, sunnat va nafl ibodatlarni tark qilishiga sabab bo‘ladi. Buning yana bir sababi vaqtini gunohu ma'siyatlarni qilish bilan o‘tkazganligidadir.
  2. Umr va salomatlikni boy berish. Inson uchun eng katta ne'matlardan biri uning umridir. Dangasa kishi ana shu ne'matni qadriga yetmay, uni tanballik yoki o‘ziga foyda bermaydigan, balki zarar beradigan ishlar bilan o‘tkazib yuboradi. Bora-bora bunday kishilar kunlarini, oylarini yoki yillarini foydasiz o‘tkazishga odatlanib qoladilar, hatto ajal soati kelganini bilmay qoladilar ham.

Shuningdek, inson uchun berilgan yana bir katta ne'mat bu salomatliklikdir. Kishini hayotda barcha savobli ishlarni amalga oshirishlari uchun albatta jismining salomatligi ham muhim. Masalan: namozda bemalol o‘tirib turish, ro‘za tutish hamda haj qilish kabi ibodatlarda quvvatga ega bo‘lish, Qur'on o‘qish, ta'lim olish va ta'lim berishdek ishlarda.

Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Ikki ne'mat bor. Insonlardan ko‘pchiligi unga bee'tibordirlar. U: salomatlik va bo‘sh vaqt”, deganlar.

 

Abdurahmanov Yahyo UBAYDULLOH o‘g‘li,

“Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 27/06/2020 08:25;   Ko‘rilganligi: 2488
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/dangasalikning-zararlari
Chop etilgan vaqti: 16/04/2024 12:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing