O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

ABU SAYYAF harakat haqida

 
 

Tashkilot nomi. «Abu Sayyaf», ba'zi manbalarda «al-Harakat al-islamiya» (Islom Harakati) deb nomlanadi. «Al-Qoida»ning Filippindagi radikal, separativ guruhi hisoblanadi.

Asoschisi va yuzaga kelish tarixi. Guruh 1991 yilda Moro milliy ozodlik frontining parchalanib ketishi natijasida «Abu Sayyaf» Aburozih Abubakr Janjaloniy tomonidan tashkil etilgan. Harakat asoschisi va bosh rahnamosi Abubakr Janjaloniy 1998 yilning 18 dekabrida Filippin politsiyasi tomonidan o‘ldirilgan. Abubakr Janjaloniydan keyin guruhda turli yillarda Kazzofiy Janjaloniy, Amil Husseyn Jumayniy, Vaddob Akbarlar rahbarlik qilgan. «Abu Sayyaf»ning ilk tuzilmalari 1972 yilda tablig‘chilar jamoasi asosida tashkil topgan. «Abu Sayyaf» asosan, Filippin janubida faoliyat yurituvchi ra­dikal harakat hisoblanadi.

Tashkilotning bosh maqsadi. Filippin janubida jihodiy harakatlarni amalga oshirish orqali mustaqil «islom davlati»ni tashkil etish.

Faoliyat uslublari. Asosan, qo‘poruvchilik, odam o‘ldirish, garovga olish uchun odam o‘g‘irlash, tadbirkorlarni tunash, xristian jamoalari vakillari (birinchi navbatda ruhoniylar)ga qarshi shaxsiy va ommaviy terror uslublari orqali faoliyat olib borgan.

Strukturasi. Guruh quyidagi tarkibdan iborat: bosh shtab va uning tarkibiga kiruvchi operativ, razvedka, kadrlar bilan ishlash, ko‘mak beruvchi, ichki ta'minot hamda moliya bo‘limlari. Bundan tashqari guruhning ikki tarkibiy qismi mavjud: “Basilan” (yuqori darajadagi diniy mutaassiblik bilan harakterli) va “Sulu” (Sezilarli darajada jinoyat sohasiga aralashgani bilan harakterli). Ushbu tashkilot AQSH davlat departamenti tomonidan terrorchi guruhlar ro‘yxaiga kiritilgan. Asosan, Filippin hududiga tegishli harakat hisoblansa-da, lekin boshqa yirik diniy-ekstremistik oqimlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Zayniddin Eshonqulov O‘MI - Samarqand viloyat bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 31/03/2020 16:35;   Ko‘rilganligi: 1123
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/abu-sayyaf-harakat-haqida
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 11:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing