O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

3-4 XIL OVQATSIZ TO‘Y O‘TMAY KOLADIMI?

 
 

Bugun to‘y, maraka, marosimlarda 3-4 xil taom tortilishi kerak, degan tushunchalar ko‘pchiligimizning qorin g‘amiga mukkasidan ketganimizdan darak. Aslida ortiqcha ovqat yegan yoki ichimlik ichgan odamning tana­si og‘irlashadi, toat ibodatida halovat yo‘qoladi. Mehnat qilishga malollanib qoladi.

Shu bois Rasululloh (s.a.v): "Odamzod qorindan ko‘ra yomon biror idishni to‘ldirmagan. Odam bolasiga gavdasini tik tutishga bir-ikki luqma ozuqa yetadi. Agar ko‘proq yegisi kelsa, unda oshqozonining uchdan biri ovkatga, uchdan biri ichimlikka, uchdan biri havoga to‘ldirilishi kerak" deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Bizda ota-bobolarimiz oilasi ehtiyojidan ortsa, qo‘ni-qo‘shnisi, yordamga muhtoj kishilar bi­lan baham ko‘rishgan. Mashoyixlar: "Yaxshilik qancha ko‘p qilinsa ham isrof bo‘lmaydi. Ammo isrofning zarrasi ham haromdir", deb ta'kidlagan. Darhaqiqat, Alloh roziligi yo‘lida qilingan har qancha xayr-ehson isrof bo‘lmaydi. Va aksincha, har qanday isrof, garchi zohiran chiroyli ko‘rinsa ham unda bi­ror yaxshilik yo‘q. Shunday ekan, Alloh bergan ne'matlarga shukr qilish, ularni tejab, isrof kilmay ishlatish bandaning vazifasi. Shunday ekan, har bir ne'matga alohida e'tibor bilan yondashib, farzandlarimizga ham ulardan oqilona foydalanishni o‘rgatsak, gunohlardan saqlangan bo‘lamiz.

B.SHARIPOV –  Samarqand tuman bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 27/01/2020 11:29;   Ko‘rilganligi: 1082
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/3-4-xil-ovqatsiz-toy-otmay-koladimi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 13:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing