Долзарб мавзу

Moturidiylik ta'limotida iymon masalasi (5-maqola)

Olimlar tomonidan gunohi kabira qilgan kishining iymoni masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Ya'ni unga ko‘ra gunohi kabira qilgan kishining iymoni gunoh qilmagan kishi bilan bir xil bo‘lishi, balki u bu bilan imkoni yo‘q bo‘lib, zavol topmasligi, faqat gunohi uchun gunohkor bo‘lishi aytilgan. Hamda bu borada quyidagi xulosalar o‘rinlidir: Moturidiya ta'limotiga ko‘ra kufr iymonning ziddidir. Kufr iymonni yolg‘onga chiqarish va undan yuz burishdir. Bu ikkisi qalbda bo‘ladi. Iymon bilan kufrning bir biriga zidligi ham shundadir.

 

Moturidiylik ta'limotida iymon masalasi (4-maqola)

Shu tarzda Qur'onda zikr etilgan “iymonlari ziyoda bo‘ldi” oyati sharhini imom Moturidiy va uning izdoshlari va barcha hanafiylik olimlari to‘g‘ri anglash lozimligini ta'kidlashgan. Ma'lumki, boshqa oqim va toifalar iymon ziyoda bo‘lishi mumkinligi hamda uning noqis bo‘lishi mumkinligini ta'kidlashgan. Hamda iymonning ziyoda bo‘lishi Qur'onda zikr etilgan ekan, demak unoqis bo‘lishi mumkin, degan qoidani ishlab chiqishgan. Aslida bu oyat iymonning o‘zi aynan ziyoda va noqis bo‘lishiga dalolat qilmasligi, ziyodalik, ya'ni oldingi holatdan keyingi holatga o‘tishni tabiatdagi o‘sish jarayonidagi kabi bo‘lishi mumkinligi olim tomonidan zikr etilgan.

Hamda Abul-Mu'in an-Nasafiy o‘zining “Tabsirat al-adilla” asarida “Aslida iymon shartlariga amalni kiritganlar uning ziyoda bo‘lishi haqidagi so‘zni ham aytmasliklari lozim bo‘ladi. Chunki, ular amallarni ham iymon deb sanaganlaridan so‘ng, unda hech kimning iymoni mukammal, to‘liq bo‘la olmaydi. Hamda ziyoda bo‘lib borishi ham bu hali mukammal, komil bo‘lmaganligini anglatadi va u nuqson chegarasida bo‘lib qolaveradi. Hamda bu qarshga ko‘ra biror ibodat yo‘qki, iymon bo‘lmasa.. (ya'ni, iymon sharti bo‘lmasa)”. Ya'ni olim iymon sohibi uchun agar uning iymoniga amal shart qilinsa unda me'yorini belgilashning imkoni yo‘qiligini aytmoqda.

Shu tarzda Qur'on va sunnaga ko‘ra iymon shartiga amalning kiritilishi imkoni yo‘qdir.

Yuqoridagi aqidaviy qarash, ya'ni iymonning sharti sifatida qalb bilan tasdiqlash, til bilan aytish hamda iymonning ziyoda va noqis bo‘lmasligi Abu Hanifa, Imom Moturidiy, Abu Lays Samarqandiy, Hakim Samarqandiy, Abu Ja'far Tahoviy, Abul Mu'in Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Abul Barakot Nasafiy, Alouddin Samarqandiy, Abul Yusr Pazvadiy kabi ko‘plab mashhur olimlar tomonidan dalillar bilan isbotlagan.

Zayniddin ESHONQULOV - O‘MI Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)

 

Kimki fitnaga aralashsa, halokatga uchraydi!

Tarixdan ma'lumki, hamma davrda ham davlatning rivojlanishi jamiyatning osoyishta hayot kechirishiga bog‘liq bo‘lgan. Tinchlik – barcha millat va elatlar qatorida o‘zbek xalqining ham asrab-avaylaydigan eng oliy qadriyatlaridan hisoblanadi. Qur'oni karimdagi 50 dan ziyod suradagi yuzlab oyatlarda insonlarni mo‘min-qobillik, tinchlikparvarlik va bag‘rikenglikka chaqirilgan.

 

Maqsadimiz: Jaholatga qarshi – ma'rifat

Imoni butun, ruhi pok, irodasi baquvvat, vijdoni uyg‘oq odamni aslo yengib bo‘lmaydi. Ana shunday fazilatlarga ega butun bir xalqning qudratini tasavvur etish qiyinmas. Bugun bizni turli axborot vositalari, xususan, internet saytlarining xavfi, “ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari ko‘proq tashvishga solmoqda.

 

Yer yuzida buzg‘unchilik qilishdan saqlanish

Yer yuzida buzg‘unchilik, fisqu fasodning turi ko‘p. Har bir turi uchun Alloh taolo alohida jazo tayin qilgan. Janob Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: “Qaysi bir qavm savdoda o‘lchov va tarozidan urib qolsa, Alloh azza va jalla ularga yomg‘irni to‘xtatib qo‘yadi. Qaysi qavm zinoni ochiqchasiga qilar ekan, ular orasida o‘lim ko‘payadi, qaysi qavmda ribo avj olsa, ular tepasiga aqlsiz kimsani hokim qiladi, qaysi qavm ichida qotillik ko‘paysa, Alloh ular ustiga dushmanlarini hukmdor qilib keltiradi. Qaysi qavm ichida bachchabozlik zohir bo‘lsa, ularni Yer yutib yuboradi. Qaysi qavm amri ma'ruf va nahyi munkarni tark etsa, ularning amallari va duola­ri qabul bo‘lmaydi”.

 

Moturidiylik ta'limotida iymon masalasi (2-maqola)

 Imom Moturidiiy va moturidiylik yo‘nalishi ulamolari hanafiylik an'analariga mos tarzda, balki aqidaviy ta'limotni yanada rivojlantirib, har tomonlama mukammal tarzda o‘z davrlarida yuzaga kelgan masalalarga javaob berganlar. Jumladan, ular yuqorida zikr etilgan iymon va boshqa aqidaviy masalalarni Qur'on va sunnaga mos tarzda yechib, jumladan, iymon shartiga amalning kirmasligi, uning ziyoda va noqis bo‘lmasligini dalillar bilan doimo ta'kidlab keldilar. Chunki, qaysi bir yurtimizda yetishib chiqqan soha olimlarining asarlarini olsak, aynan ushbu masala bo‘yicha yakdil qarash, ya'ni iymon bu – qalb tasdig‘i va til iqrori ekanligi hamda u ziyoda va noqis bo‘lmasligi, har bir qalbida iymoni bor kishi komil iymon sohibi ekanligi, amal esa iymondan tashqari narsaligi ta'kidlangan.

 

Mazhab desa, ensasi qotadiganlarga!

Xo‘p, mazhabda Abu Hanifa rahimahullohga ergashmas ekansan, “mazhab” so‘zini eshitsang, ensang qotar ekan.

“Qur'on va Sunnatga ergashaman” deb bor ovozing bilan baqirar ekansan.

 

Islom – tinchlik dini

Bugun biz shunday davrda yashayapmizki “falon kishi koinotda yashash uchun joy buyurtma qilibdi, falon kompaniya u nomdagi eng yuqori texnologiyalarga ega mahsulotini taqdimot qilibdi, bunisi quyosh nuri bilan harakatlanadigan uchar mashina ishlab chiqibdi”, desa hech kim ajablanmay qo‘ydi.

 

Moturidiylik ta'limotida iymon masalasi (1-maqola)

Iymon masalasiga tarixda turli oqimlar tomonidan turlicha yondashilgan. Sunniylik yo‘nalishi olimlari tomonidan ushbu oqimlar qarashlarining illatlari ko‘rsatib berlishi bilan birga o‘zaro juz'iy maslalarda unga ta'rif berish va uninng shartlarini bayon etishda ixtilof qilganlar. Umuman ushbu ixtiloflar asosida kishining mo‘min yoki mo‘min emaslgi, unga iymon nomini mansub qilish yoki mansub qilmaslik masalasi kabilar yuzaga kelgan.

 

Aqidaviy va fiqhiy mazhablar

Umumislomiy masalalarda mazhablar o‘rtasida katta farqlar uchramasa-da, xususiy hollarda ular o‘rtasida muayyan tafovutlar va o‘ziga xos xususiyatlar uchraydi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing