Долзарб мавзу

Kuchsiz qavlga tayanib fatvo berish – johillik

 Muhammad Amin ibn Umar ibn Obidin Dimashqiy (1783-1836) rahimahulloh fatvo chiqarish qonun-qoidalaridan iborat hanafiylarning asosiy kitobi “Uqudu rasmil muftiy” asarida quyidagi umumiy qoida va tamoyillarni bayon qiladi. 

  1. O‘zi istagan qavl va fikrga ergashish mumkin emas:

Ibn Obidin rahimahulloh aytadi: “Amal qilish yoki birovga fatvo berish uchun faqatgina mazhab olimlari quvvatli, deb hisoblagan qavlga ergashish vojibdir. O‘zi amal qilishi uchun ham va birovga fatvo berishi uchun ham kuchsiz qavlga ergashish mumkin emas”.

 

MARHUMLARNING QUR'ON TILOVATIDAN NASIBASI 2-QISM

Ma'qil ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O‘liklaringizga «Yosin» surasini siroat silinglar», dedilar».
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kdbrda yotgan mayyit bamisoli suvda g‘ark, bo‘lib ketayotgan va yordam so‘rayotgan kishiga o‘xshaydi, u o‘z otasi, onasi, farzandi, do‘stidan yordam so‘raydi. Agar ulardan duo yetsa, unga butun dunyo boyligidan ulug‘rok, hadya yetgan bo‘ladi. Tiriklar duosi sababli qabr ahllariga tog‘lardek katta savoblar yetadi. Tiriklarning mayyitlarga qiladigan hadyasi ular haqqiga istig‘for aytishdir», dedilar» (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Hadisdan shu narsa ma'lum bo‘ladiki, tiriklarning duosi tufayli o‘tganlarning oxiratdagi darajalari ko‘tariladi, ularning ruhlari xushnud bo‘ladi.

 

MARHUMLARNING QUR'ON TILOVATIDAN NASIBASI

Barchaga ma'lumki, musulmonlar qaysi mazhabda bo‘lishlaridan qat'i nazar, marhumlarga atab xatm o‘tkazish va qabristonda Qur'on tilovat qilishga fatvo berganlar. Ammo ayrim mutaassib kuchlar tomonidan bu ezgu amalga zid holda yondoshadiganlar ham topilib qolmoqda. Ular o‘z rahnamolari tomonidan chiqarilgan dalil-isbotsiz gap-so‘zga uchmoqda.
O‘tgan allomalarimizning fikrlariga suyanib qaraydigan bo‘lsak, diniy hukmlar aqlga emas, balki naqliy dalillarga tayanadi. Aqlni naqldan ustun qo‘yganlar shariatga yengil-elpi qaragan turli chalasavodlar kabi dinni noto‘g‘ri tushuntirishga urinishadi. Natijada o‘zlari ham adashadi, boshqalarni ham tubanlik sari yetaklaydi.

 

G‘uluv nima?

Bir masalaga haddan ziyod darajada berilib chuqur kirib ketish arab tilida "G‘uluv" deb ataladi. Har qanday masalada g‘uluvga ketish oqibati yaxshilikga olib bormaydi. Shuningdek dinda xam. Paygambarimiz (s.a.v) dinda g‘uluvga ketishdan uzoq bo‘ling! deb biz ummatlarini ogoh etganlar.

 

Shahidlikning asl mohiyati nima?

Shahidlik Islom dini ta'limotida, Allohning roziligi yo‘lida fidoyilik qilgan, iymoni, e'tiqodi, nomusini, Vatanini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lgan kishiga Alloh tamonidan beriladigan daraja tushiniladi.

 

TAVASSUL QILISH JOIZMI?

O‘zlarini sof salaflar yo‘lida ekanini da'vo qilib kelayotgan soxta salafiylar tavassul bora sida ahli sunna val-jamoa aqidasiga zid ravishda tavassulni shirk, tavassul etuvchilarni esa mushrik deb ayyuhannos solishmoqda. Aslida tavassul bu - Alloh taoloning sifatlari, solih amallar, tirik va vafot etgan ulug‘ insonlarni vosita qilib Allohdan hojat so‘rashdir. Vasila sifatida gohida qilinadigan solih amallar, Alloh taoloning roziligi uchun bajarilgan toat-ibodatlar Parvardigorning dargohiga yaqinlashtiruvchi kuchli vosita bo‘lsa, ba'zan esa Alloh nazdida yuksak martabaga ega bo‘lgan obro‘-e'tiborli solih bandalar Yaratgan huzurida vosita va vasila bo‘ladilar.

 

Firqa deganda nima tushinish mumkin?

"Firqa" so‘zi ma'lum bir toifaga, guruhga nisbatan ishlatiladi. Boshqa dinlarda ham bo‘lgani kabi musulmonlar ichida ham firqalar paydo bo‘lgan. Bu holat musulmonlar uchun ayanchlidir Paygambarimiz (s.a.v) umrlarining so‘ngida ummatim 73 firqaga bo‘linada barchasi zalolatdadir illo bittasi to‘g‘ri yo‘lda u ham Ahli sunna val jamoadir degandaridek, Islom dinida 73 ta firqaga bo‘linish yuz beradi. Ularning bittasigina to‘g‘ri yo‘lda, qolganlari esa zalolatda hisoblanadi. Qur'oni karim va Hadisi shariflarda firqalarga bo‘linmaslikga buyuriladi.

 

Mujtahid nima

So‘ngi yillarda ekstremistik va terrorist guruxlar o‘z xaraktlarini "Shar'iy"deb isbotlash uchun o‘zlarini "mujtahid" deb e'lon qilib, turli xil manfaatlarini ko‘zlagan holda "fatvolarni" chiqarib kelmoqda.

Bu bir tamondan, insonlarni adashtirib noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tamondan, jamiyatda o‘zaro tushinmovchilik, adovat kayfiyatining paydo bo‘lishiga zamin yaratmoqda. Shu o‘rinda, mujtahid kim, mujtahid darajalari, fatvo nima, uning tarixi, uni kimlar berishga xaqli ekanligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish  maqsadga muvofiqdir.

 

MAVLID VA U HAQIDA OLIMLAR FIKRI

«Mavlid» arabcha so‘z bo‘lib, “tug‘ilish, “tug‘ilgan joy” va “tug‘ilgan vaqt” ma'nolarini anglatadi. Biz musulmonlar “mavlid” deganda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tug‘ilgan oylarini nazarda tutamiz.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tug‘ilgan sanalarini Ibn Is'hoq Fil yilida Rabi'ul-avval oyining 12 kuni, dushanba Mahmud Posho Falakiy esa astronomik hisob bilan milodiy 571 yilning 9 Rabi'ul-avval, dushanba kuni deb ko‘rsatgan.

 

Xavorij oqimlari

VII asr ikkinchi yarmida xavorijlar orasida yigirmaga yaqin turli guruhlar paydo bo‘ldi. Ular ichida eng yiriklari – ibodiylar, azroqiylar va sufriylar bo‘lib, o‘z yo‘lboshchilari nomi bilan shunday atalganlar.

Ibodiylar. Ibodiya boshqa xavorij guruhlari orasida eng mo‘tadili hisoblanib, bizning davrimizgacha saqlanib qolgan yagona xavorij firqasidir. Bu mazhabning asoschisi umaviy xalifa Abdulmalik ibn Marvon (685-705) davrida vafot etgan Abdulloh ibn Iboddir. Mazkur mazhabning ta'limoti mo‘tadil bo‘lib, u qolgan musulmonlar bilan qiz olib-qiz berishdan, ular bilan meros ulashishdan qaytarmaydi. Shuningdek, ularning ta'limoti hujjat va isbot keltirib e'lon qilgandan so‘nggina boshqa musulmonlarga qarshi urush ochishga ijozat beradi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing