Долзарб мавзу

MUHADDISLAR FAZILATI

“Muhaddis” degan nom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislarini yod olib, boshqalarga to‘liq yetkazib beruvchiga nisbatan qo‘llanishining o‘zi ham bu toifaga mansub odam yuksak fazilat egasi ekanini ko‘rsatib turadi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlari shunchaki oddiy so‘zlar emas, balki insoniyatni kufr zulmatidan imon nuriga olib chiqish, ulug‘ xulqlarni kamolga yetkazish va din ahkomlarini mukammal o‘rgatish uchun yangragan muborak hadislar edi.

 

HAYZ KO‘RGAN YOYOL BILAN MUNOSABAT QANDAY BO‘LADI?

Alloh taolo odamzodni har doim din orqali tarbiyalab kelgan. Uni yetkazishni Payg‘ambarlar zimmasiga yuklagan.

Dinlarning eng mukammali bo‘lgan islomni yetkazishda Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni tanlab olgan. Payg‘ambar alayhissalomning har bir so‘zlari, fe'llari va turmush tarzlari biz uchun hayot dasturidir. U zotning hayotlari insoniyatga ikki dunyo saodat yo‘lini ko‘rsatib bergan.

 

NIMA UCHUN AYNAN “SAHIHI BUXORIY”?

Umuman islom dini va sunnatni ayblab chiqish holatlari ko‘p kuzatilganiga qaramay, nimagadir hadis kitoblari orasidan aynan “Sahihi Buxoriy” haqida har xil asossiz ayblovlar o‘rtaga tashlanmoqda. Rostdan ham, nima uchun aynan “Sahihi Buxoriy”?

Chunki hadisga doir barcha asarlar orasidan aynan “Sahihi Buxoriy” Qur'oni karimdan keyingi  eng ishonchli manba degan oliy bahoga sazovor bo‘lgan. Bu bahoni unga Imom Buxoriyning o‘zi bergan emas, balki chuqur o‘rganib chiqqan ulug‘ va zabardast allomalar uni mana shunday sifatlagan.  

 

HAQIQIY MUSULMON KIM?

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو ؛ قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : « الْمُسْلِمُ مَنْ سَلِمَ الْمُسْلِمُونَ مِنْ لِسَانِهِ وَيَدِهِ ، وَالْمُهَاجِرُ مَنْ هَجَرَ مَا نَهَى الله عَنْهُ ». متفق عليه

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Haqiqiy musulmon – tili va qo‘lidan musulmonlar salomat bo‘lgan kishidir. Haqiqiy muhojir – Alloh qaytargan narsani tark etgan kishidir”, dedilar”.

 

MUSLIMA, OQILA, BOLIG‘A YOYOLNING MOTAM (AZA) TUTISHINIG HUKMI

Musulmon ayolning ahamiyat berishi lozim bo‘lgan muhim masalalardan biri – bu yaqinlaridan birining o‘limidan keyin qay shaklda va qancha vaqt mobaynida motam tutishidir.

 

Xalqimizga islom mohiyatini to‘g‘ri tushuntirib berish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har qachongidan dolzarbdir

Bugungi kunda muqaddas dinimizga bo‘lgan e'tibor yangi bosqichga ko‘tarildi. Yildan-yilga muborak Haj va Umra safarlariga borayotganlar safi ortib, ular uchun yaratilayotgan sharoitlar ham kengaymoqda.

 

Insonning ikki dunyosini xarob qiladigan ofatdan uzoqda bo‘laylik!

Giyohvandlik insoniyatni jismoniy va ruhiy jihatdan tubanlikka eltuvchi, aql-idrokdan mahrum etib, ikki dunyo xorligiga yetaklovchi ofatdir. Giyohvand moddalar insonni ayni kuch-quvvatga to‘lgan davrida alkogolga nisbatan 4-6 barobar tezroq halokatga uchratadi.

 

Gunohni butunlay tark qiling

Ba'zida inson gunoh qilib qo‘yadi. Shunda iymoni unga buni qaytib qilmaslikka buyuradi. Shaytoni esa undan yana bir marta lazzatlanib, keyin butunlay tark etishiga chaqiradi. Inson uning gapiga kirib, o‘sha gunohni yana bir bor qiladi. Shayton-chi?! U to‘xtamaydi. Yana va yana kelib, haligi gunohga undayveradi, uning “yana bir gal”i tugamaydi. Oxir oqibat tavba keyinga surilib qolib ketadi.

 

E'tiqod masalasida adashishlik bu falokatga olib keladi

E'tiqod sofligi hamma zamonlarda zarur bo‘lgan oiml hisoblanadi. Aqidasi to‘g‘ri bo‘lmagan kishining qilgan ibodati ham maqbul emas.

Dunyodagi bo‘layotgan hunrezliklar, fisqu fasod va g‘alayonlar zamirida ham qandaydir aqida yoki noto‘g‘ri nazaryalar yotadi.

Har bir inson o‘zi ishongan narsasining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirib ko‘rishi va haqiqatni izlashi kerak. Ayniqsa diniy e'tiqod masalasida adashishlik bu falokatga olib keladi.

 

MEHR-OQIBAT, HIMMAT VA SAXOVAT AYYOMI

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Siz azizlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi va o‘z nomimdan xursandchilik ayyomi bo‘lgan muborak Ramazon hayiti – Iydul fitr bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Alloh taoloning amrini ado etib, ruhiy poklanishga erishgan, Rasul alayhissalomning sunnatiga ergashib, imon ila savob umidida ro‘za tutganlarga jannatning Rayyon darvozasidan kirish nasib etsin!

Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam musulmon ummatiga Ramazon va Qurbon hayitlari Alloh taolo tomonidan hadya etilganini marhamat qilganlar.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing