Maqolalar

Shahidlik niqobidagi xunrezlik

Islom dini asoslari bo‘lmish Qur'oni karim oyatlari va Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida inson hayotiga tajovuz etish, o‘zini o‘zi o‘ldirish qat'iyan man etiladi. Hayot Alloh taolo tomonidan insonga topshirilgan imkoniyat va mas'uliyatdir.

 

Silai-rahm

Azizlar,   men  sizarlarga  silai–rahm qilish  haqida  bir  voqeani  aytib  bermoqchiman. Aslida ushbu holat  hammamizda,  har  birimizning  atrofimizda  bo‘lib  turibdi. Banda ulg‘ayguncha  ota-onasining bag‘rida, ularning ta'minotida bo‘ladi. Aka-uka, opa-singillari  bilan  talashib, tortishib, inoq  bir-biriga  beg‘araz  yaxshilik sog‘inadigan, xavf  yoki  kamchilik  bo‘lsa himoya  qiladigan,   o‘zida  borini  ilinadigan  bo‘ladi. Ota-onalari  ularni  ko‘rib  ko‘zi  quvnaydi. Bolalari voyaga  yetgach oilali bo‘lib,  uy–joy  qiladi, hayotda o‘z yo‘llarida mustaqil odimlaydi. Vaqti soati yetib,  ota-onalari olamdan  o‘tganlaridan so‘ng ana  shunda  aksariyat   tug‘ishganlar orasida silai-rahm, qarindoshlik  rishtalari  ingichkalashib  boradi. Oxir – oqibatda  faqat  to‘y  ma'rakalarda   ko‘rishadigan  bo‘lib  qoladilar. O‘zgalar yordamiga muhtoj  bo‘lib  qolsalar ham e'tibor  qilmaydilar. O‘z  Tashvish,  dunyo g‘ami  bilan o‘z  qobig‘iga  o‘ralib  yashaydilar. Bir paytlar  bir bo‘lak  nonni ham  baham  ko‘radigan  og‘a-inilar kun kelib, bir-biriga befarq  munosabatta  bo‘ladilar.

 

Imom Moturidiy bizga qanday meros qoldirgan?

Abu Mansur Moturidiyning ko‘p asarlari bizgacha yetib kelmagan, yetib kelganlari ham xorijdagi kutubxona va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi. Islom olamida mashhur bo‘lgan “Kitob ut-tavhid” asari 1970 yilda Fathulloh Xulayf tomonidan Bayrutda, keyinchalik esa Turkiyada bir necha bor nashr etiladi. So‘ngisi Bekir Tuplu o‘g‘li va Muhammad Aruchi kabi olimlar tomonidan 2003 yil Anqarada chop etilgan. 

 

Isrof-eng og‘ir gunoh

Alloh taolo insonlarni turli millat va elat shaklida yaratdi. Ularni Yer yuzini makon tutib, undagi ne'matlardan istifoda qilgan holda hayot kechirishga buyurdi. Yana bandalariga behisob ne'matlarni ato etib qo‘ydiki bularni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi.

 

Missionerlar va ularning maqsadlari

Missioner so‘zi lotin tilidagi “missio “ so‘zidan olingan bo‘lib, “yuborish”,  “vazifa topshirish”, missionerlar esa “vazifani bajaruvchi” degan ma'nolarni anglatadi. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan  “ world Book” (jahon kitobi) ensiklopediyasida “Missionerlar biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”, -degan fikr qayd etilgan. Demak, missionerlik - bir dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishni anglatadi. Missionerlik bilan bir qatorda prozeletizm ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.

 

Buyuk alloma Abu Mansur Moturidiy nasihatlari

Shayx Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Moturidiy taxminan 870 yili hozirgi Samarqand viloyatining Moturid qishlog‘ida tug‘ilib, 975 yili vafot etgan. U Samarqandning Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. Moturidiy xususiy muallimlarda, so‘ngra esa Samarqand madrasalarida tahsil ko‘rgan. Olim umr bo‘yi Samarqand madrasalarida mudarrislik qilgan. Moturidiy “Kitob – at tavhid”, “Kitob al-usul”, “Ta'vilot al Qur'on” (Qur'on tafsiri) cingari o‘nlab ilmiy-nazariy asarlar, “Nasihatnoma” asarlar muallifidir. Buyuk olimning islom ta'limoti sofligini asrashda xizmati katta. Navoiy “Nasoyim-ul-muhabbat”da Moturidiyning ruhiy-ilohiy qudrati haqida alohida hikoyat keltirgan. Uning “Nasihatnoma”si X asr Nasihatnomasining eng yaxshi namunalaridan bo‘lib, kitobxonni ilm o‘rganishga, kasb egallashga, yaxshi xulq egasi, insonparvar, shirinsuxan, saxovatpesha bo‘lishga undaydi.

 

Hidoyatga yo‘l

Mamlakatimizda shunday o‘zgarishlar bo‘lyaptiki, sanab adog‘iga yetmaysan. Dunyodagi eng farovon, eng tinch davlatda yashayotganingdan ko‘nglingda faxr tuyg‘usi namoyon bo‘ladi. Yoshlarimizning ilm olish, ishlash, hunar egallashlari uchun barcha imkoniyatlar muhayyo. Keksalarimiz uchun ham mazmunli dam olishlari uchun sihatgohlar, davolanish muassasalari, masjidlar qurilib, ularning ixitiyoriga topshirilgan. Davlatimiz rahbari tomonidan xalqimizni qo‘llab quvvatlanishi har qanday yurtdoshimizning qalbiga shukronalik tuyg‘usini soladi. Lekin oramizda shunday insonlar borki, na jamiyatga, na ota-onasiga foydasi tegadi. Nafsining quli bo‘lib, o‘zi uchun koni zarar bo‘lgan spirtli ichimliklar ichish, giyohvand moddalar iste'moli, atrofdagilarga doimo zarar yetkazish bilan band bo‘lib yuradi. Oxir oqibat tushunib yetganida esa yoshi bir joyga borgan, qarilik eshik qoqqan bo‘ladi.

 

OXIRAT CHIROG‘I

Bir boy inson umrini molu davlat to‘plash va boylik orttirishga sarfladi, mana shu yo‘lda og‘ir kasallikka duchor bo‘ldi. Bu kasallik umrining oxiri va oxirat safarining boshlanishiga o‘xshab qoldi. U vasiyat qilish uchun farzandlarini oldiga chorladi va katta o‘g‘liga dedi:

 

Terrorizm haqida nima bilamiz?

Ma'lumki, terrorizm va ekstremizm balolari nafaqat bugungi kunda, balki u mavjud bo‘lgan barcha zamon va makonlarda insoniyat va jamiyat uchun tom ma'nodagi fojia bo‘lib kelgan. Bugungi notinchliklar hukm surayotgan mintaqalarning deyarli barchasidagi barqaror vaziyatni izdan chiqaruvchi omillari ham mazkur ikki narsadir.

 

Shar'iy nikoh noqonuniy bo‘lmasin!

Insonning baxtu kamoli, jamiyatda qanday maqomga ega bo‘lishi ko‘p jihatdan oilaga, undagi ma'naviy muhit barqarorligiga bog‘liq. Lekin yuz berayotgan oilaviy ajrimlar tufayli ota mehridan benasib voyaga yetayotgan farzandlar ham, afsuski, ko‘payib bormoqda.

 

Islomda janoza va ta'ziya odoblari

Janoza o‘qish farzi kifoya hisoblanadi, ya'ni ba'zilar ado qilsa boshqalarning ham gardanidan soqit bo‘ladigan amaldir.

Janoza va ta'ziyaning odobi borasida muhtaram ulamolarimiz, ustozlarimiz bitgan juda ko‘p mo‘tabar manbalar bor. Inson hayot ekan, o‘lim soya solib turadi.Har bir kishi ota-onasi, yaqin qarindosh yoru do‘stu birodarini bir kun kelib yo‘qotadi. Shu vajdan musibatzada xonadonga borib ta'ziya bildirishning o‘ziga xos tartib qoida va odob axloqlari mavjud bo‘lib ularni o‘rnida qo‘llash lozimdir.

 

Yolg‘izlikda avratning ochilishi

Insonning bu ishdan uzoq bo‘lishi oliyjanoblikdir.Abul Xasan Al-Bushanjiy bu narsalarni; «Sizning farishtarlar bilan bo‘lgan munosabatingizda harom qilingan narsalar, Alloh bilan bo‘lgan munosabatda emas»- deb nomlaganlar. 

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing