Maqolalar

HIZBUT-TAHRIR al-ISLOMIY (Strukturasi)

“Hizbut-tahrir”ning a'zolari o‘rtasi-da mansabdorlik vazifalari aniq belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra “Amir qiyodat” (dunyo buyicha xalifalik davlatining eng katta rahbari), “mo‘tamad”

 

Islom dinining insonparvarlik mohiyatini targ‘ib etish kun tartibidagi doimiy masala

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etmoqda.

 

“Eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir”

Har qanday bino chidamli, uzoq yillar xizmat qilishi uchun uning asosi- poydevori mustahkam bo‘lishi lozim. Keyingi uch yil mamlkatimizning “muhtasham binosi” qurilishi uchun asos vazifasini bajardi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Endi navbat imoratning devorlarini qurish.

 

Qiyomat kunida gunohlar so‘ralmaydimi?

Bir domla ukamiz hikoya qiladilar:
– Bir kuni uyga kirib kelsam, onam “o‘g‘lim, qo‘shninikiga chiquvdim. Qo‘shni xotin “Qiyomatda hammani savobi-gunohi so‘raladi, deb eshitgandim. Nega Qur'onda aksi yozilgan”, dedi, aslida ham shundaymi, deb so‘rab qoldilar.
– Qur'onning qayerida shunday deb yozilgan ekan, onajon? – dedim. 

Qo‘shni xotin arabcha savodi yo‘q, kiril alifbosidagi besh-olti kitobni o‘qigan ayol edi. Onam “Ar-Rahmon” surasining 39-oyatini ko‘rsatdilar.

39. «Ana o‘sha Kunda na bir ins va na bir jin (qilib o‘tgan) gunohidan so‘ralmas!».

Men onajonimga tafsir kitoblardan qarab berishimni aytib, kutubxonaga kirdim. Ketyapman-u xayolimni oyatning nega bunday ma'noda kelgani egallab olgan edi. Muborak tafsirni ochib o‘qiganimdan keyin Allohning oyatlari haq ekanligi, hech biri g‘alat-ishtiboh bilan kelmaganiga amin bo‘ldim. 

Bu dunyoda biror gumondorni ayblash uchun isobot-dalillar yig‘iladi, foto-video kadrlari, boshqa kishilarning guvohliklari so‘raladi. Hammasi mos kelgachgina, uning aybi bo‘yniga qo‘yiladi. So‘ng unga jazo beriladi. 

Suraning 41-oyatida gunohkor bandalardan nega gunohlari so‘ralmasligining izohi keladi.

41. «(Chunki u Kunda) jinoyatchi-osiy kimsalar siymo-belgilaridan tanilib, peshona va oyoqlaridan olinurlar (va jahannamga otilurlar)».

Tafsirda aytilishicha, Qiyomat kunida insdan ham, jinlardan ham gunoh qilgan-qilmagani so‘rab o‘tirilmaydi. O‘sha dahshatli Kunda bandaning o‘zi qilgan aybini bilib, barcha a'zolari guvohlik berib turgan, hatto yuzidan uning kim ekanligi bilinib turgan paytda undan qilgan gunohlarini so‘rashga ham hojat yo‘q. 

Barchamizni Qiyomat kunidagi savollarimiz oson bo‘lsin, Alloh hidoyatidan ayirmasin!

Yoqub UMAR

Manba: Azon.uz

 

Davr nafasi

Bu yil nihoyatda katta qiziqish bildirilayotgan va intiqlik bilan kutilayotgan Prezidentimizning parlamentga murojaatnomasidan biz – samarqandlik imom-xatiblar, diniy idoralar vakillarining ham orzu-umidlarimiz, niyatlarimiz bisyor.

 

 

Yolg‘onchilik og‘ir gunoh

Bismillahir rohmanir rohim

Kishilik jamiyatda insonlar azaldan bir birlari bilan ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarida, jamiyatda ma'naviy-axloqiy muhitni sog‘lomligida rostgo‘ylik alohida muhim o‘rin tutadi. Rostgo‘ylikning ziddi - yolg‘onchilikdir. Yolg‘on - jamiyat a'zolari o‘rtasida u yoki bu holat, voqelik yoki shunga o‘xshash ijtimoiy munosabat va muomalaga nisbatan noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otish (shakllantirish) hisoblanadi.

 

PAYG‘AMBARIMIZ MUHAMMAD (SAV)NING IKKI QO‘SHNILARI

Kunlardan bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ansoriy sahobiylardan birining bog‘iga kirdilar. Bog‘ning salqinroq bir joyida suvi qurib qolgan bir kichikroq quduq bor edi.

 

HIZBUT-TAHRIR al-ISLOMIY (Faoliyat uslublari)

 Ato Abu Rushta boshchiligida harakat 2006 yildan «Hizbulloh»ning terrorchilik amaliyotlarini qullab-quvvatlab, Isroil-Livan mojarolari (isroillik oddiy askar Geladning olib qochilishi)da ishtirok etgan hamda AKSH Isroil, Yevropa ittifoqi va Rossiyaga qarshi qurolli «jihod» e'lon kilgan.

 

Chumoli to‘plagan don nega unib chiqmaydi?

Ajoyib ma'lumotlardan biri:
Nima uchun chumoli yer ostiga to‘plab qo‘ygan donlar yerdan o‘sib chiqmaydi?!

Olimlar tadqiqot olib borishlaricha, chumoli o‘ziga kerakli bo‘lgan don va urug‘larni yer ostiga to‘plab, jamg‘arganidan keyin uni ikkiga bo‘lib qo‘yadi. Chunki don va urug‘lik ikkiga bo‘lib qo‘yilsa, har qancha yer unumdor bo‘lmasin, u o‘sib chiqmaydi. Lekin chumoli kashnich donini to‘rt bo‘lakka bo‘lganini ko‘rgach, olimlar taajjubga tushishdi. 

Bu xususda kerakli tadqiqot olib borgach, quyidagi narsani kashf qildilar. Kashnich doni agar ikkiga bo‘linsa ham o‘sib chiqaverar ekan. Lekin to‘rt bo‘lakka bo‘linsa o‘sib chiqmas ekan. Chumoliga bu narsani ta'lim bergan Alloh har qanday ayb nuqsonlardan pokdir.

«Parvardigorimiz barcha narsaga o‘z hilqatini – shaklini ato etib, so‘ngra (uni) to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ygan zotdir».
 (Toha surasi, 50 oyat)

Qudratulloh Ahmad tayyorladi

Manba: Azon.uz

 

SILAI RAHM FAZILATLARI

         “Silai rahm” arabcha so‘z bo‘lib, “sila” - bog‘lamoq, “rahm” –qarindoshlak, ma'nolarini anglatadi ya'ni, “qarindoshlik  rishtasini bog‘lash” ma'nosidadir. Qarindoshlar deganda, avvalo ota-ona, farzandlar, aka-uka, opa-singillar va yaqin qarindoshlar tushuniladi. Islom dinida avvaldan qarindoshlar bilan yaxshi muomala qilishga buyuriladi. Hattoki, qarindoshlar bilan bordi-keldi qilib, ular bilan rishtalarni bog‘lashni ibodat darajasiga ko‘targan.

 

HIZBUT-TAHRIR al-ISLOMIY (Moliyaviy manbalari)

 Ma'lumotlarga ko‘ra, «Hizbut-tahrir» katta moliyaviy bazaga ega. Ayrim kuzatuchilarning xulosalariga ko‘ra, «Hizbut-tahrir»ning boshqaruv vakilligini ular bilan doimiy aloqada bo‘lgan xalqaro ter- rorchilik tashkilotlari ham qullab-quvvatlab kelgan.

 

HIZBUT-TAHRIR al-ISLOMIY (Tashkilotning nazariy manbaalari)

 Ta'limot nazariyasi Nabahoniy va uning izdoshi Abdul Qaddim Zallumning “Islom nizomi”, “Islom davlati”, “Xalifalik”, “Islomiy olamga qaynoq nidolar”, “Hizbut-tahrirning tushunchalari”, “Demokratiya-kufr nizomi” va “Siyosiy ong” kitoblarida bayon etilgan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing